Page 120 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 120

dеyiladi.  3.Filtrlash tugagach so‘rimning tarkibida xlorid va sulfat tuzlari bor
            yoki yoqligini sifat analizi o‘tkazilib aniqlanadi.
                    Sifat  analizi:  Tuproq  muxiti-pHni  indikator  qog‘ozida  aniqlanadi.

            Ishqoriylikning  oz  yoki  ko‘pligini  bilish  uchun  probirkaga  3-5ml  suvli
            so‘rimdan olib ustiga 1-2 tomchi fеnolftalеin tomiziladi.So‘rim pushti rangga
            kirib,och yoki to‘q pushtiligiga qarab ishqoriylik aniqlanadi.Yoki HCL (xlorid
            kislota)  tomizib  aniqlanadi.  Ishqoriylikning  kuchi  HCL  tomizilganda
            tuproqning kuchli yoki kuchsiz vijjillashiga qarab belgilanadi.
                     Xlor tuzlarini aniqlashda- suvli so‘rimdan probirkaga 3-5 ml olib,ustiga
            1-2 tomchi 10% li kumush nitrat (AgNO3) eritmasidan tomiziladi. Probirkada

            qolgan oq cho‘kma xlor tuzlari borligini ko‘rsatadi.
                   Sulfat kislota tuzlarining borligini aniqlash uchun so‘rimdan probirkaga 3-
            5 ml olib, so‘rimning ustiga 1-2 tomchi 10% li bariy xlorid (BaCL2) eritmasidan
            tomiziladi. Probirkadagi oq cho‘kma sulfat kislota tuzining borligini ko‘rsatadi.
            Probirkalardagi  oq  cho‘kmalarning  oz  yoki  ko‘pligiga  qarab  tuzlarning

            miqdorini taxminan bilish mumkin. (Xlor, sulfat va umumiy tuzlarning miqdori
            quruq qoldiq laboratoriyada aniqlanadi).
                                           Mavzu bo‘yicha  nazorat savollari:
            1. Tuproqning morfologik belgilari necha xil?
            2.Tuproq monolitlari qanday tayyorlanadi?
            3.Tuproqning rangi-tusi nimalarga bog‘liq?
            4.Tuproq namunalari qanday olinadi?
            5.Dalada tuproqdagi tuzlar qanday aniqlanadi?

                                    Tuproqning hajm og‘irligini aniqlash.
                      Dalada  tuproqning  hajm  og‘irligini  temir  silindrda  aniqlanadi.
                                                                     3
            Tuproqning hajm og‘irligi o‘rtacha 1,2-1,5g/sm atrofida bo‘ladi.




















                     2.5-rasm. Dalada tuproqning hajm og‘irligini temir silindrda aniqlash.

                   Ishlash  tartibi:  dalada  tuproqning  hajm  og‘irligini  aniqlash  uchun
            metalldan  yasalgan  ma’lum  hajmdagi  va  og‘irlikdagi,  tomonlari  ochiq  temir
            slindrda aniqlanadi.Bu usulni Kachinckiy usuli deyiladi.




                                                           120
   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125