Page 131 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 131

qismlarida Guliston, Gulbog‘, Nayman va Pop massivlarining cho‘l zonalarida
            keng  tarqalib,  janubdagi  qadimgi  allyuvial  tekislikka  qo‘shilib  ketgan  joyda
            shakllangan.  Ular  ko‘proq  qum,  qumloqli  va  engil  mexanik  tarkibdan  iborat

            bo‘lib,  hudud  tuproqlari  profili  qatlamliligi  bilan  ajralib  turadi.  O‘rganilgan
            tuproqlarni mexanik tarkibi tahlil etilganda, yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi saz
            tuproqlarning haydov qatlamida qum zarrachalari miqdori o‘rtacha 49,0% dan
            78,5%  gachani,  chang  zarrachalari  20,4%  dan  49,6%  gachani  tashkil  etgan,
            vaholanki  yangi  o‘zlashtirilgan  sug‘oriladigan  o‘tloqi  saz  tuproqlarni  haydov
            qatlamida qum zarrachalari miqdori 88,9 foizni, chang zarrachalari 10,5 foizda
            qayd etildi.

                    Sug‘oriladigan  o‘tloqi  allyuvial  tuproqlar  Sirdaryoning  I-II  qayir  usti
            terrasalarida  keng  tarqalgan.  Bu  tuproqlarni  mexanik  tarkibining  shakllanishi
            tahlil  etilganda,  yirik  qum  zarrachalari  miqdori  o‘rtacha  11,1%  dan  40,4%
            gachani tashkil etgani holda, chang zarrachalari esa o‘rtacha 34,0% dan 85,6%
            gacha  miqdorni  ifodalagan.  Ushbu  ko‘rsatkichlardan  ko‘rinadiki,  o‘rganilgan

            yangidan  sug‘oriladigan  o‘tloqi  allyuvial  tuproqlarni  haydov  qatlamida  qum
            zarrachalariga  nisbatan  chang  zarrachalari  miqdori  ko‘p  miqdorda
            shakllanganligi qayd etildi. Yer maydonlarining sug‘orish suvlariga yaqinligi,
            loyqali suvlar bilan uzoq yillar sug‘orilganligi hamda dehqonchilik madaniyati
            bilan  bog‘liqligi  aniqlandi.  Bu  holat  tadqiqot  joyida  shakllangan  eskidan
            sug‘oriladigan  o‘tloqi  allyuvial  (150-kesma)  tuproqlarning  mexanik  tarkibida
            ham kuzatildi, unga ko‘ra qum zarrachalari 28,9 %, chang zarrachalari 48,8 %
            tashkil etgan.

                  Sug‘oriladigan  botqoq-o‘tloqi  tuproqlar  qatlamli  allyuvial  yotqiziqlardan
            tashkil  topgan Sirdaryoning  I-II qayir usti  terrasalari geomorfologik rayonida
            keng  tarqalgan.  Shuningdek,  qayir  usti  terrasalarini  rel’efi  nisbatan  past
            joylarida Gigant, Pop, Nayman, O‘zbekiston massivlarida, yer osti suvlari sathi
            0,5-1,5 m atrofida yuzaga yaqin joylashgan maydonlarda shakllangan. Mexanik

            tarkibiga  ko‘ra,  sug‘oriladigan  botqoq-o‘tloqi  tuproqlar  loy,  og‘ir  va  o‘rta
            qumoqlardan  tuzilgan.  Ma’lumotlar  tahlil  etilganda  o‘rganilgan  tuproqlarning
            haydov  qatlamida  qum  zarrachalari  o‘rtacha  11,6-14,8  %,  chang  zarrachalari
            29,1  %  dan  74,0  %  gachani  tashkil  etganligi  aniqlandi.  Fizik  loy  miqdori
            ko‘rsatkichlari o‘rganilganda o‘rtacha 50,1-68,0 foizni tashkil etgan.
                  Tuproqlari asosan kam va o‘rtacha darajada sho‘rlanishga uchragan bo‘lib,
            kuchli  va  juda  kuchli  sho‘rlangan  yerlar  kam  maydonlarni  egallaydi.

            Hududning  sug‘oriladigan  tuproqlarining  kuchsiz  va  o‘rtacha  darajada
            sho‘rlanganligi  tuproq-litologik  profili  tuproq  qoplamlarining  o‘ziga  xos
            tuzilishida  hamda  suvda  eruvchan  tuzlarni  kimyoviy  tahlil    natijalarida
            ifodalangan.  Sug‘oriladigan  yerlar  asosan  kuchsiz  sho‘rlangan,  haydalma
            qatlamdagi (0-30 sm) suvda oson eruvchi tuzlar miqdori 0,590-0,835% ni, 139,
            142  va  150  kesmalar  tuproqlari  o‘rtacha  sho‘rlangan    bo‘lib,  shu  qatlamdagi

            umumiy  tuzlar  miqdori  0,965%  dan  1,485%  gacha  bo‘lgan  ko‘rsatkichlarda
                                                           131
   126   127   128   129   130   131   132   133   134   135   136