Page 135 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 135
ekib etishtirish va hosil olish maqsadida, tuproqda o‘zgarishlarni amalga
oshiradi ya’ni, chopish, sug‘orish, o‘g‘itlash kabi agrotexnik tadbirlarni
qo‘llashi natijasida tuproqdagi o‘simlik qoldiqlarining chirish jarayoni
tezlashadi, bu esa tuproq qatlamlarining qalinlashishi, agregatlar donadorligini
yaxshilanishi va gumusli qatlam qalinligi ortishiga olib keladi.Sug‘oriladigan
tuproqlarni sifat jihatdan baholashda uning mexanik tarkibi, sho‘rlanish
darajasi, gipslashganligi, eroziya jarayonlari, yuvilganligi, gumus va oziqa
elementlari bilan ta’minlanganligi va boshqa bir qator xossalari e’tiborga olinib,
tuproqlar 100 balli yopiq shkala bo‘yicha baholangan.
Markaziy Farg‘onaning shimoliy qismi hududidaga Navbahor, Navro‘z,
Baliqchilik, Pop va Nayman massivlarini 2-uchastkasida jami 6142,5 gektar
sug‘oriladigan yer maydoni bo‘lib, tuproqlarni sifat jihatdan baholashda uning
mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi, gipslashganligi, eroziya jarayonlari,
yuvilganligi, gumus va oziqa elementlari bilan ta’minlanganligi va boshqa bir
qator xossalari e’tiborga olgan holda, o‘rtacha hisoblangan ball boniteti 41
ballni tashkil etib, sifati bo‘yicha to‘rtta sinf va ikkita kadastr guruhiga
birlashtirildi.
Ushbu hudud yer maydonlarida birinchi kadastr zona (guruh) ga I va II
klassga mansub 0-20 balldagi, to‘rtinchi kadastr zona (guruh) ga VII va VIII
klassga mansub 61-80 balldagi va beshinchi kadastr zonaga (guruhga) IX va X
klassga mansub 81-100 balldagi yerlar mavjud emas. Faqatgina ikkinchi va
uchinchi kadastr zonasiga mansub bo‘lgan yer maydonlari uchraydi.
Ikkinchi kadastr zona (guruh) ga III va IV klasslarga mansub yerlar
maydoni 3647,4 gektarni (59,4 %) tashkil etadi. Bu guruh tuproqlari sifati
bo‘yicha o‘rtachadan past yerlar hisoblanib, bonitet balli 21-40 ga teng.
Uchinchi kadastr zona (guruh) ga V va VI klassdagi yerlar hududda 2495,1
gektarni (40,6%) tashkil etadi. Bu yerlar etarli darajada madaniylashtirilgan.
Sifati bo‘yicha bu yerlarning tuproqlari o‘rtacha bo‘lib, bonitet balli 41-60 ga
teng.
Namangan viloyatining sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z tuproqlar: tog‘ oldi
nishabli maydonlarda tarqalgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir qumoqli, 30-50-
100 sm chuqurlikda qirrali chag‘ir-tosh-shag‘allar uchraydi. Gumus miqdori
1,6-2,8%, azot 0,12-0,22% ni tashkil etadi. Umumiy fosfor 0,08-0,10%,
umumiy kaliy 1,3-2,9% atrofida. Namangan viloyatining sug‘oriladigan tipik
bo‘z tuproqlar: Chust-Pop adirlar tizimlaridagi Qurama tog‘ tizmasi tog‘
oldidagi tekisliklarida uchraydi. Qadimdan sug‘oriladigan tuproqlari
changsimon, o‘rta va og‘ir qumoqli. Gumus miqdori 0,7-2%, yalpi azot 0,06-
0,12%, fosfor 0,14-0,18% ni tashkil etadi. Tuproqlar kuchsiz sho‘rlangan.
Yangidan sug‘oriladigan tuproqlarning gumus miqdori 0,9-1,1%, konus
yoyilmalarida 0,7-1,0%, adirlarda 0,4-0,9% ni tashkil etadi. Mexanik tarkibiga
ko‘ra o‘rta qumoqli, og‘ir va engil qumloqli. Chust-Pop adirlarida joylashgan
135