Page 140 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 140
tashkil etadi. Eroziyaga uchragan tuproqlarda gumus miqdori 1,2-1,6%, yalpi
fosfor 0,09-0,11%, kaliy 1,6-2,7%, atrofida tebranib turadi. Bu tuproqlar
sho‘rlanmagan.
Lalmi to‘q tusli tuproqlar: past-baland tepaliklar ko‘rinishidagi tog‘ oldi
hududlarda tarqalgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoqlidir. Gumus
miqdori 0,6-2,9%, yalpi azot miqdori 0,04-0,12% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar
asosan o‘rtacha darajada sho‘rlangan.
Samarqand viloyatida tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar:
baland-past tepaliklar tizmalariga bo‘lingan tog‘ oldi, tog‘osti qiya tekisliklari
hamda Zarafshon daryosining yuqori terrasalarida uchraydi. Mexanik tarkibiga
ko‘ra o‘rta qumoqli, 50-120 sm qatlam chuqurligida shag‘allar uchraydi.
Gumus miqdori 0,8-1,5%, azot 0,04-0,10%, yalpi fosfor 0,16-0,20%, kaliy 1,6-
1,9% ni tashkil etadi.
Lalmi tipik bo‘z tuproqlar: Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy va
Oqtog‘ tizmasining janubiy qiyaliklarida to‘lqinsimon past-balandlik
tizmalarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va engil qumoqlidir.
Gumus miqdori 0,7-1,6% ni, yalpi azotning miqdori 0,07-0,12% ni tashkil
qiladi. Bu tuproqlar sho‘rlanmagan.
Samarqand viloyatida tarqalgan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar:
Zarafshon daryosining uchinchi terrasasi va tog‘ etagi qiyali tekisliklarida
uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va engil qumoqli, 50-100 sm qatlam
chuqurligida shag‘al uchraydi. Gumus miqdori 0,6-1,2%, azot 0,04-0,06%,
yalpi fosfor 0,17-0,18% ni tashkil etadi. Bu tuproqlar kuchsiz darajada
sho‘rlangan. Bu tuproqlarning yuqori qatlamlari sho‘rlanmagan, lekin chuqur
sho‘rxoksimondir.
Samarqand viloyatida tarqalgan lalmi och tusli bo‘z tuproqlar: tog‘ oldi
hududlarining past-baland tepaliklarida, tog‘ oldining nishabli yoki tekisliklarda
va Zarafshon daryosining yuqori terrasalarida tarqalgan. Mexanik tarkibiga
ko‘ra og‘ir, o‘rta va engil qumoqlidir. Gumus miqdori 0,4-1,2% ni, yalpi fosfor
0,08-0,12%, yalpi kaliy esa 1,5-1,9% ni tashkil etadi.
Sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va
engil qumoqli, 100 sm qatlam chuqurliklarda shag‘allar uchraydi. Gumus
miqdori 0,8-1,8%, azot 0,06-0,12% ga teng. Tuproqlar kuchsiz sho‘rlangan.
Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar: tog‘osti qiyali tekisliklari va
daryolarning baland qayir usti terrasalarida uchraydi. Mexanik tarkibiga ko‘ra
og‘ir va o‘rta qumoqli, 50-100 sm qatlam chuqurlikda shag‘allar uchraydi.
Gumus miqdori 0,9-1,6%, umumiy azot 0,04-0,09%, yalpi fosfor 0,12-0,18%,
umumiy kaliy 0,6-1,0% atrofida tebranib turadi. Tuproqlari sho‘rlanishga
moyildir. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar daryolarning quyi terrasalarida tik
qiyalik va nishabli tog‘ etagi tekisliklarida tarqalgan. Mexanik tarkibi og‘ir va
o‘rta qumoqli. Gumus miqdori 0,7-1,5%, umumiy azot 0,05-0,11% gacha, yalpi
fosfor 0,12-0,25% gacha, kaliy 0,5-1,3% oralig‘ida tebranib turadi.
140