Page 144 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 144

tuzlar bilan birga turishi ikkilamchi sho‘rlanish jarayonining rivojlanishiga olib
            keladi.  Mexanik  tarkibiga  ko‘ra  og‘ir,  o‘rta  va  engil  qumoqlidir.  Gumus
            miqdori 0,4-0,7% ni, yalpi azot 0,02-0,09% ni tashkil etadi.

                      Botqoq-o‘tloqi  va  botqoq  tuproqlar:  sizot  suvi  100  sm  gacha  bo‘lgan
            ayrim  pastlik  va  ko‘l  bo‘ylarida  shakllangan.  Mexanik  tarkibiga  ko‘ra  og‘ir
            qumoqdan qumloqgacha uchraydi. Gumus miqdori 0,6-1,4%, yalpi azot 0,04-
            0,07% atrofiadi.
                      O‘tloqi-voha  tuproqlar:  bu  tuproqlarni  ko‘p  yillik  sug‘orish  natijasida
            pastki  qatlamlarda  zang  dog‘larni  ko‘rish  mumkin.  Qatlamlarda  gips  va
            karbonatlar  kam  farqlanadi.  Bu  tuproqlar  Xorazm  viloyati  sug‘oriladigan

            hududining 2/3 qismini tashkil etadi. Qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial
            tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta, engil va og‘ir qumoqli, gumus miqdori
            0,80%,  harakatchan  fosfor  miqdori  12,13-14,13  mg/kg,  kaliy  100-120  mg/kg
            bo‘lib,  fosfor  va  kaliy  bilan  kuchsiz  ta’minlangan.  Yangidan  sug‘oriladigan
            o‘tloqi allyuvial tuproqlar: mexanik tarkibiga ko‘ra qumoqli qumlidir. Gumus

            miqdori 0,74-0,90%, harakatchan fosforning miqdori 6,0-8,0 mg/kg, kaliy 140-
            160  mg/kg  atrofida.  Bu  tuproqlar  kuchsiz  va  o‘rtacha  sho‘rlangan.Yangidan
            o‘zlashtirilgan  o‘tloqi  allyuvial tuproqlar:mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir,  o‘rta,
            engil va qumoqli bo‘lib, kam va o‘rtacha darajada sho‘rlangan. Gumus miqdori
            0,34-0,54%,  harakatchan  fosforning  miqdori  2,67  mg/kg,  kaliy  12  mg/kg
            ekanligi kuzatilgan.






















                              Xorazm viloyati tuproq xaritasi ( masshtabi 1:900000).



                        8. RESPUBLIKANING JANUBIY XUDUDI TUPROQLARI.
                            QASHQADARYO VILOYATI TUPROQLARINING TAVSIFI.

                   Viloyatda  quyidagi  tuproqlar  tarqalgan  bo‘lib,  ulardan  sug‘oriladigan  va
            lalmikor  dehqonchilikda  keng  foydalanilmoqda.  Lalmi  jigarrang  tuproqlar
            mexanik  tarkibiga  ko‘ra  o‘rta  va  og‘ir  qumoqlidir.  Eroziyaga  uchramagan
            tuproqlarning  haydalma  qatlamidagi  gumus  miqdori  2,2-4,9%  ni,  kuchli
            yuvilmagan  tuproqlarda  1-2%  ni  tashkil  etadi.  Yalpi  azot  miqdori  0,10-0,2%


                                                           144
   139   140   141   142   143   144   145   146   147   148   149