Page 142 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 142

Navoiy  viloyatining  sug‘oriladigan  sur  tusli-qo‘ng‘ir  tuproqlar:  tuproqlar
            tog‘ etagining nishabli qiyaliklarida rivojlangan. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta
            va  engil  qumoqli.  30-50  sm  chuqurlikda  shag‘al  yoki  siniq  toshli-shag‘allar

            uchraydi.  Yangidan  sug‘oriladigan  tuproqlarda  gumus  miqdori  0,6-0,8%  ni,
            azot 0,02-0,4% ga teng. Qadimdan sug‘oriladigan tuproqlarda gumus miqdori
            1,2-1,5%, azot 0,06-0,09%, yalpi fosfor 0,05-0,16%, kaliy esa 1,2-2,0% atrofida
            tebranib turadi. Bu tuproqlar sho‘rlanmagan va kam sho‘rlangan.
                    Sug‘oriladigan  cho‘l-o‘tloqi  tuproqlar:  juda  zich  yotqiziqlar  to‘shalgan
            qumli massivlarda sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan. Sizot suvlarining sathi 2-3
            metrgacha. Mexanik tarkibiga ko‘ra qumloq-qumli. Gumus miqdori 0,3-0,5%,

            azot 0,01-0,03, fosfor 0,06-0,10% atrofida tebranib turadi. Shamol eroziyasi va
            sho‘rlanishga o‘rtacha va kam darajada uchragan.
                    Sug‘oriladigan  taqir-o‘tloqi  tuproqlar:  Zarafshonning  ikkinchi  qayir  usti
            terrasasida joylashgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra engil va o‘rta qumoqli, 0,5-1
            metr chuqurlikda  shag‘al uchraydi. Gumus miqdori 0,6-1,3%, azot 0,04-0,08%,

            yalpi  fosfor  0,10-0,12%  ni  tashkil  etadi.Tuproqlar  kam  va  o‘rtacha  darajada
            sho‘rlangan.
                     Sug‘oriladigan  o‘tloqi  tuproqlar:  tog‘  etagining  nishabli  hududlari  va
            daryo terrasalarining yuqori qismlarida uchraydi. Haydalma qatlamlarda gumus
            miqdori  1-1,5%,  azot  0,07-0,12%  ni  tashkil  qiladi.  Yangidan  o‘zlashtirilgan
            tuproqlarda gumus miqdori 0,4-0,8%, azot  0,02-0,06% atrofida tebranib turadi.
            Bu tuproqlar orasida sho‘rlanmagan va kuchsiz darajada sho‘rlangan tuproqlar
            uchraydi.






















                              Navoiy viloyati tuproq xaritasi (masshtabi 1:300 000).

                               7. QUYI AMUDARYO VOHASI TUPROQLARI.
                   Quyi Amudaryo vohasi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
            xududini o‘z ichiga oladi.
                     QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI  TUPROQLARINING TAVSIFI.
                       Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  turli  tuproqlar  tarqalgan  bo‘lib,
            sug‘oriladigan  tuproqlarining  meliorativ  holati  respublika  bo‘yicha  eng  og‘ir




                                                           142
   137   138   139   140   141   142   143   144   145   146   147