Page 132 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 132

tebranib turadi.
                  Tuproq  profilining  ustki  0-100  sm  li    qatlamidagi  tuzlarning  o‘rtacha
            miqdoriy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ulardagi tuz zahiralari katta oraliqda tebranib,

            60,8-192,7  t/ga,  shundan  xlor  zahiralari  2,0-8,7,  sulfatlar    42,2-125  t/ga  ni
            tashkil  etadi.  Tuz  zahiralarining  eng  yuqori  miqdori  0-100  sm.  da  yangidan
            sug‘oriladigan  o‘tloqi  allyuvial  tuproqlarda                 192,7  t/ga  va  yangidan
            sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda 169,8 t/ga, eng kam miqdori 60,8 t/ga,
            yangidan  sug‘oriladigan  o‘tloqi  allyuvial  tuproqlarida  kuzatildi,  qolgan
            kesmalarning tuproqlari oraliq o‘rinlarni 84,2-115 t/ga ni egallaydi. O‘rganilgan
            hudud tuproqlaridagi suvda oson eruvchi tuzlar miqdori (%) va zahiralarining

            (t/ga) tavsifli xususiyatidan biri shundaki, tuproqda to‘plangan xlor va sulfatlar
            miqdorining  asosiy  qismi  tuproqlarni  haydov  osti  qatlamida  to‘planganligi
            aniqlandi.
                  Hududdagi    tuproqlar  o‘tloqi,  botqoq-o‘tloqi  tuproqlarga,  sho‘rxoklar  va
            tipik  sho‘rxoklarga  ajratilgan.  O‘tloqi  tuproqlar  42,1  foiz,  botqoq-o‘tloqi  6,3

            foiz, sho‘rxoklar 19,3 foiz, tipik sho‘rxoklar, o‘tloqi va botqoq-o‘tloqi tuproq
            majmualari 22,9 foizni, boshqa yerlar 9,4 foizni tashkil etgan. O‘tloqi tuproqlar
            maydoni  60,0  foiz,  botqoq-o‘tloqi  tuproqlar  5,0  foiz,  sho‘rxoklar  7,0  foiz  va
            tipik  sho‘rxoklar,  o‘tloqi  va  botqoq-o‘tloqi  tuproqlar  majmuasi  25,0  foiz  va
            boshqa  erlar  3,0  foizni,  o‘tloqi  allyuvial  tuproqlar  29,6  foiz,  o‘tloqi  saz
            tuproqlar 15,1 foiz, o‘tloqi tuproqlar 28,5 foiz va botqoq-o‘tloqi tuproqlar 0,3
            foiz va boshqa yerlar 26,5 foizni tashkil etdi.
                  Tuproq  hosil  qiluvchi  ona  jinslarni  asosini  prolyuvial,  allyuvial,  ko‘l-

            allyuvial, allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar tashkil qilganligi sababli, tumandagi
            og‘ir  qumoqli  mexanik  tarkibli  tuproqlar  17,7  foiz,  o‘rta  qumoqli  22,1  foiz,
            engil  qumoqli  50,8  foiz,  boshqa  yerlar  9,4  foizni  tashkil  etgan  bo‘lsa,  og‘ir
            qumoqli tuproqlar 17,0 foiz, o‘rta qumoqli 21,0 foiz, engil qumoqlilar 11,0 foiz,
            qumloqli va qumlar 48,0 foiz, boshqa yerlar 3,0 foizni,  og‘ir qumoqli tuproqlar

            8,9  foiz,  o‘rta  qumoqli  17,3  foiz,  engil  qumoqlilar  18,5  foiz,  qumloqlar  17,4
            foiz, qumlar 11,4 foiz boshqa yerlar 26,5 foizni tashkil etdi.
            Sho‘rlanish darajasi bo‘yicha: sho‘rlanmagan tuproqlar 6,7 foiz, kam darajada
            sho‘rlangan tuproqlar 16,0 foiz, o‘rtacha sho‘rlangan 15,3 foiz, kuchli va juda
            kuchli sho‘rlangan tuproqlar 10,4 foiz, sho‘rxoklar 42,2 foiz, boshqa yerlar 9,4
            foizni,    keyingi  davrlarda  sho‘rlanmagan  tuproqlar  4,0  foiz,  kam  darajada
            sho‘rlangan tuproqlar 25,0 foiz  o‘rtacha sho‘rlangan 35,0 foiz kuchli  va juda

            kuchli sho‘rlangan tuproqlar 24,0 foiz, sho‘rxoklar 9,0 foiz, boshqa yerlar 3,0
            foizni, hozirga kelib, tuman tuproqlarining  meliorativ holatida sho‘rlanmagan
            yoki yuvilgan tuproqlar uchramaydi, kam darajada sho‘rlangan tuproqlar 34,7
            foiz, o‘rtacha sho‘rlangan 31,7 foiz, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar
            6,0  foiz,  sho‘rxoklar  1,1  foiz,  boshqa  yerlar  26,5  foiz  tashkil  etganligi
            aniqlangan.

                  Markaziy  Farg‘ona  cho‘l  zonasining  shimoliy  qismida  joylashgan  va
                                                           132
   127   128   129   130   131   132   133   134   135   136   137