Page 150 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 150

yilni  tashkil  etadigan,  qiyin  melioratsiyalanadigan,  sho‘rlangan,  murakkab
            agrotexnik va meliorativ tadbirlarni talab etuvchi yerlarga mahalliy o‘g‘itlarni
            (go‘ng-20 t/ga), chuqur yumshatish (50-60 sm) kerak.

                    Agromeliorativ  tadbirlardan  -  fitomelioratsiya  ekinlari  sifatida  kuchli  va
            juda  kuchli  sho‘rlangan  yerlarda  sho‘rga  chidamli,  dukkaklilar,  ildiz  tizimi
            sanoat  va  tibbiyot  sohasida  qimmatbaho  xomashyo  hisoblangan  “shirinmiya”
            o‘simligini  meliorant  o‘simlik  sifatida  qo‘llash  orqali  tuproq  qatlamlaridagi
            tuzlar miqdorini kamaytirib, sizot suvlari sathi chuqurlashadi. Sho‘rxoklashgan
            tuproqlarning singdirish kompleksidagi natriyni kamaytiruvchi- o‘zlashtiruvchi
            “Amarant va boshqa natriyni o‘zlashtiruvchi” o‘simliklarni ekish yaxshi samara

            beradi.
            -  Sho‘rlangan  sug‘oriladigan  yerlarning  sho‘rini  yuvishda  sho‘rlanishning
            darajasiga  va  tiplari,  tekislanganligi,  mexanik  tarkibi,  suv  o‘tkazuvchanligi,
            suvda oson eruvchi tuzlar miqdorini hisobga olib, kuchsiz sho‘rlangan yerlarda
                                                      3
            gektariga o‘rtacha 2,5-3,5 ming m , o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda 4,0-5,0 ming
                                                                           3
               3
            m ,  kuchli  sho‘rlangan  yerlarda  6,0-6,5  ming  m ,  juda  kuchli  sho‘rlangan
                                            3
            tuproqlarni 6,5-7,5ming m  me’yorlarida yuvish maqsadga muvofiqdir. Kuchsiz
            sho‘rlangan  yerlar  1  marta,  o‘rtacha  sho‘rlangan  yerlar  2  marta  va  kuchli
            sho‘rlangan erlarni 3 marta yuvish tavsiya etiladi;
            -  Tuproqlarni  irrigatsiya  eroziyasidan  hamda  deflyatsiyadan  himoyalash,
            kimyoviy  va  biologik  vositalarni  qo‘llash,  bundan  tashqari  oraliq  ekinlarni
            ekish, tuproqlarning eroziyaga uchraganlik darajasiga qarab organik va mineral
            o‘g‘itlarni tabaqalashtirilgan holda qo‘llash lozim.

            -  Tog‘li  va  tog‘  etagi  hududlari  lalmi  tuproqlari  holatini  tubdan  yaxshilash
            maqsadida quyidagi tadbirlar majmuasini qo‘llash tavsiya etiladi:
            -  O‘rta  va  past  tog‘lar  hamda  tog‘oldi  hududlarida  tarqalgan  turli  darajada
            eroziyalangan  lalmi  yerlarning  jigarrang  va  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarda  yuz
            beradigan eroziyaning oldini olish va etishtiriladigan ekinlarning hosildorligini

            va  tuproqlar  unumdorligini  oshirish  maqsadida  don-beda  ko‘p  yillik  o‘tlar
            almashlab ekish agrotexnologiyasini qo‘llash;
            - Qiyalik yerlarning nishabligi 5-7-100 gacha bo‘lgan maydonlarga kuzgi ishlov
            berishda  yerni  ko‘ndalangiga  haydash,  minimal  ishlov  berish  texnologiyasini
            qo‘llash imkonini beradi.
                    Lalmi yerlardagi jarlanish va turli degradatsiya jarayonlarining oldini olish
            uchun  tog‘  yonbag‘irlarida  jarliklarni  va  qirg‘oqni  mustahkamlovchi  ekinlar,

            ya’ni pistazorlar, jiydazorlar, yong‘oqzorlar, uzumzorlar barpo qilish maqsadga
            muvofiqdir;
                    Lalmi tuproqlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va
            oshirish, muhofaza qilish uchun moyli, dukkakli va ozuqabop ekinlar etishtirish
            tadbirlari belgilanadi.
                    Tuproq  unumdorligini saqlash va oshirish maqsadida birinchi navbatda bir

            konturda faqat bitta turdagi ekin joylashishini ta’minlash zarur. Bitta konturda
                                                           150
   145   146   147   148   149   150   151   152   153   154   155