Page 90 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 90
belgilari yo‘q, toshchalar yo‘q, faqat tuproq yuzasi 1-2 sm. o‘t va daraxt
barglari qoldiqlaridan tashkil topgan qiylar bilan qoplangan, serildiz bo‘lganligi
tufayli zichroq, hasharot inlari yaxshi namoyon bo‘lmagan, keyingi qatlamga
o‘tish sekin-astalik bilan o‘simlik ildizlari miqdori, rangi-tusi va zichligi orqali
kuzatiladi.
Ach.6-10sm. Qo‘ng‘ir tusli jigarrang, yaxshi namlangan, bo‘shroq, o‘rta
qumoq yong‘oqchasimon, har xil kattalikdagi va shakldagi kesakchali, ayniqsa,
ildizlar atrofida «tuproq marjonlari» ko‘p, yaxshi uvalanuvchan agregatli,
diametri 10-30 mm.li buta va daraxt ildizlari mavjud, tuproqdagi jonzotlarning
inlari ko‘p uchraydi, inlari chiqindilar bilan to‘lgan, keyingi qatlamga o‘tish
rangi-tusi orqali.
B1.10-29sm. Jigarrang, biroz kulrang qoramtir tusli, yaxshi uvalanadigan
yong‘oqchasimon kesakchali, yuqorigi qatlamga nisbagan biroz zichlashgan,
og‘ir qumoq, juda ko‘p sonli o‘simliklar, buta va daraxtlarning ildizlari va
«tuproq. marjonlari» uchraydi, namlangan, tuproqda jonzotlar ko‘p, qatlamda
tik mayda yoriqchalar manjud, keyingi qatlamga o‘tish rangi-tusi orqali
kuzatiladi.
B2.29-53sm. Och jigarrang qo‘ng‘ir tusli, yuqorigi qatlamga nisbatan
namligi kam, og‘ir qumoq, har xil kattalikdagi va shakldagi kesakchalar
mavjud, ular yaxshi uvalanadi, o‘simlik, buta, daraxtlarning turli o‘lchamdagi
ildizlari uchraydi, ko‘p sonli hasharotlar tomonidan qatlam yaxshi ishlangan
inlar chiqindilar bilan to‘la, «tuproq marjonlari» soni keskin kamayadi,
qatlamning o‘rta va pastki qismlari 10% HCL kislotasi ta’sirida qaynaydi.
Keyingi qatlamga o‘tish asta-sekinlik bilan rangi-tusi orqali kuzatiladi.
B3 53-86sm. Och jigarrang, biroz kulrang tusli, uncha namlangan emas,
og‘ir qumoq, tez uvalanib ketadigan agregatli kesakchali strukturaga ega,
ildizlar soni sezilarli darajada kamayadi, hasharot inlari ko‘p, biroq qatlamning
o‘rta, ayniqsa, pastki qismlarida oqish pardalar va «oq ko‘zlar» paydo bo‘ladi,
10% li HCL kislotasi ta’sirida yaxshi qaynaydi, ba’zan mayda toshchalar
uchrab turadi, keyingi qatlamga o‘tish asta-sekinlik bilan rangi orqali o‘tadi,
C.86-160sm.Sarg‘ish, biroz qo‘ng‘ir tusli, kam namlangan, bo‘shroq, o‘rta
qumoqli, juda tez uvalanuvchi «soxta agregatli» bo‘lakchalar, onda-sonda oq
dog‘lar bor, juda kam sonli mayda ildizchalar (daraxt va o‘tlarning ildizcha-lari
ham) uchrab turadigan, tuproq jonzotlarining faoliyati juda kam, pastida bir
xil tuzilishga ega lyossimon yotqiziqlardan tashkil topgan qatlam yotadi.
Karbonatli, tipik va ishqorsizlangan jigarrang tuproqlarning morfologik
belgilari bir-biridan biroz farqlanadi. Bu tuproqlarning shakllanishida
sharoitlari, asosan, ularning rel’efi, ayniqsa, tog‘ yon bag‘irlarining quyoshga
nisbatan tutgan o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ishqorsizlangan jigarrang
tuproqlar Kitob-Shaxrisabz botig‘i havzasida kam tarqalgan.
Tog‘ jigarang tuproqlarning mexanik tarkibi. Kitob-Shaxrisabz
botig‘i havzasida tarqalgan jigarrang tuproqlar ellyuvial, dellyuvial, prollyuvil
90