Page 81 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 81

hisobiga ro‘y beradi. Shuning uchun ham ularning barcha genetik qatlamlarda
            hajm og‘irlik bir xil ko‘rsatkichda ifodalangan. Jigarrang tipik, ishqorsizlangan
            va  o‘tloqi  soz-botqoq  tuproqlarda  hajm  og‘irlik  gumusning  ko‘p  bo‘lganligi

            sababli  past  ko‘rsatkichlarga  ega.  Ko‘pincha    bu  tuproqlar  yaxshi  agregatlik
            holatga ham ega.
                     Tog‘  tuproqlarining  suv-fizik  xossalari.           Tog‘li  o‘lka  tuproqlarining
            suv-fizik  xossalarini  o‘rganish  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  o‘simliklar
            qoplami    bevosita  tuproqdagi  turli  suv  shakllarining  u  yoki  bu  miqdorda
            bo‘lishi  bilan  bog‘liqdir.  Barcha  turdagi  tuproqlarga  xos  gigroskopik  namlik
            tog‘  tuproqlarida  ham  namoyon  bo‘ladi.  Gigroskopik namlik  2-5%  oralig‘ida

            tuproqning  gumus  miqdoriga  va  mexanik  tarkibiga  bog‘liq  holda  o‘zgarib
            turadi.  Keltirilgan  bu  miqdorlar  adsorbsion  (yutilgan)  suv  bug‘larini
            ko‘rsatuvchi  nisbiy  namlikdir.  U  juda  o‘zgaruvchan  bo‘lib,  hattoki  tuproq
            namunasi yil fasli, ba’zan laboratoriya sharoitining nisbiy namligi ko‘rsatkichi
            bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu  o‘rinda  maksimal  gigroskopik  namlik  (MG)  katta

            o‘zgarishga duchor bo‘lmaydigan miqdor hisoblanadi, chunki u nisbiy namlik
            bir  xil  bo‘lgan  sharoitda  aniqlangan  ko‘rsatkich.  Keltirilgan  ma’lumotlardan
            ko‘rinib turibdiki, MG tuproq qatlamlarida 4-9% atrofida o‘zgarib turadi. Eng
            katta MG ko‘rsatkichi chirindisi ko‘p qatlamlarda yuz beradi. Faqat tog‘-o‘tloqi
            soz-botqoq  tuproqlarning  qatlamlarida  MG  katta  ko‘rsatkichga  ega,  bunga
            sabab qatlamlar bo‘ylab tuproq og‘ir mexanik tarkibli. O‘simliklar o‘zlashtirishi
            qiyin bo‘lgan tuproqdagi suv shakli bu o‘simlikning so‘lish namligidir (SN). Bu
            holda so‘lish namligi tajriba yo‘li bilan aniqlanmasdan, balki MG ko‘rsatkichini

            1,5  koeffitsentga  ko‘paytirib  aniqlangan.  SN  ko‘rsatkichi  o‘simlik  dunyosi
            tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan suv shaklining eng quyi nuqtasi bo‘lib,
            u  bu  nuqtadan  pasayganda  o‘simlik  o‘zining  fiziologik  faoliyatini  to‘xtatadi.
            Madaniy  ekinlar  ekiladigan  maydonlarda  tuproq  namligini  SN  nuqtasigacha
            tushirish,  ularning hosildorligini  deyarli  nol  nuqtasigacha  olib kelishga  sabab

            bo‘ladi. Tuproqlarning SN genetik qatlamlar bo‘yicha 6-13% orasida o‘zgarib
            turadi. Bu tebranishni faqat MG ko‘rsatkichi bilan bog‘lash mumkin. Tuproq-
            dagi  maksimal  molekulyar  namlik  (MMN)  bu  erkin  kapillyar  namlik  bilan
            tuproqning        so‘lishtirma        namligi       o‘rtasidagi      nuqtada        joylashgan
            ko‘rsatkichdir.Tuproqdagi  namlik  miqdori  MMN  miqdoriga  teng  bo‘lganda
            ham undan o‘simliklar foydalanishi mumkin, lekin tuproq juda qiyinchilik bilan
            bu suvni o‘simliklarga beradi. Bu tuproqlarning MMN katta ko‘rsatkichga ega

            bo‘lib,  yuqori qatlamlarda 13-16% ni, pastki qatlamda dala nam sig‘imining
            deyarli 50-60% ni tashkil qiladi.
                      Zomin tog‘i tuproqlarida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi qiyin suv
            shakllarining  miqdori  ko‘p  bo‘lib,  ular  tuproqdagi  absolyut  suv  zaxirasini
            tashkil  qiladi.O‘simliklarni  va  tuproqdagi  jonzotlarni  ta’minlashda  erkin  suv
            shakllari muhim o‘rin tutadi. Ularning asosiy qismini dala nam sig‘imi (DNS)

            tashkil qiladi. Dala nam sig‘imi (DNS) deb, tuproqning turli qatlamlarida pastga
                                                            81
   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86