Page 80 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 80
A
d = g/sm. kub
(B−A)−C
3
bu yerda: d-tuproqning solishtirma og‘irligi, g/sm ;
A-absolyut quruq tuproq vazni, gramm hisobida;
B- piknometrning suv bilan og‘irligi, gramm hisobida;
C-piknomertning suv va tuproq bilan og‘irligi, gramm hisobida.
Solishtirma og‘irlik tuproqning tez o‘zgarmaydigan agrofizikaviy
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, tuproq hosil qiluvchi ona jinsning mineralogik
tarkibi bilan bog‘liq. O‘rganilgan tuproqlarning solishtirma og‘irligi yuqori
qatlamlarida unchalik yuqori emas 2,50-2,65g/sm dan oshmaydi, chunki bu
3
o‘rganilgan tuproqlarning chirindiga boyligidir.
Tuproqda chirindi kamayishi bilan solishtirma og‘irlik asta-sekin oshib
boradi. Shu sababli tog‘ tuproqlarining o‘rtacha solishtirma og‘irligi 2,30-
2,70g/sm orasida tebranib turadi.Tuproqning solishtirma og‘irligi kam
3
o‘zgaruvchan ko‘rsatkichga ega bo‘lishiga qaramasdan, u tog‘ tuproqlarida
doimo davom etayotgan nurash jarayoni ta’sirida o‘zgarib turadi. Bu masalaga
doir fikr va takliflar L.T.Tursunovning [1988] «Tuproq fizikasi» darsligida
Amudaryo quyi oqimining tuproqlari misolida juda keng yoritib berilgan.
Surunkali sug‘orish, birlamchi minerallarning parchalanishi natijasida
ikkilamchi minerallarning hosil bo‘lishidan tuproqning solishtirma og‘irligi
ortadi. Tog‘li o‘lka tuproqlarida ayniqsa, namlanish rejimi yaxshi bo‘lgan tipik
va ishqorsizlangan jigarrang tuproqlarda ichki nurash jarayoni yaxshi
bo‘lganligi sababli tuproq profilining o‘rta va quyi qismlarida solishtirma
og‘irlik ortishi mumkin.Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlar profilida solishtirma
3
og‘irlik 2,50-2,70g/sm o‘rtasida tebranib tursa, jigarrang tipik ishqorsizlangan
3
tuproqlarda solishtirma og‘irlik yuqori qatlamlarda 2,50-2,65g/sm bo‘lsada,
3
pastki qatlamlarda 2,73-2,76g/sm gacha ortadi, bu albatta, yuqori namlik
hisobida birlamchi minerallarning nurashi ayniqsa, temir birikmalarini
saqlovchi ikkilamchi minerallarning hosil bo‘layotganligidan dalolat
beradi.Tog‘ tuproqlarining hajm og‘irligi solishtirma og‘irlikka nisbatan bir
muncha o‘zgaruvchan miqdor ekanligini ko‘ramiz. Bu o‘zgarish o‘z navbatida,
tuproq tarkibidagi chirindi miqdori va agregatlarining zichlanish darajasiga
bog‘liq. Tipik va ishqorsizlangan jigarrang tuproqlarga nisbatan karbonatli
tuproqning hajm og‘irligi og‘irroq.
Qiyalik ekspozitsiyasi va tuproqda yashovchi hayvonlarning faoliyati
natijasida ba’zan bu muvozanat buzilishi mumkin. Tuproq profili bo‘yicha
pastga tomon hajm og‘irlik ko‘rsatkichi ortib boradi. Tog‘ tuproqlarida bunda
qonuniyat tekislik tuproqlariga qaraganda kamroq namoyon bo‘ladi. Qadimdan
sug‘orilib kelinadigan tekislik tuproqlarining haydalma qatlam tagida hosil
bo‘lgan plug tovoni qatlamidan so‘ng zichlik orta boradi. Tog‘li o‘lka
tuproqlarida esa hajm og‘irlikning o‘zgarishi faqatgina tabiiy omillar-yog‘in-
sochin, o‘simlik va hayvonot dunyosi, genetik qatlamlarning o‘zaro bosimi
80