Page 75 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 75

64-kesma.  Chortang‘a  soyining  shimoliy  qiyaligida  (35-40°),  rel’efi
            g‘adir-budur,  tipchak,  esparset  o‘simliklari  va  archa  o‘sadi.Tuproqning  yuza
            qismi kuchli chimlangan, maydonining 85-90% o‘simliklar bilan qoplangan.

                     0-10sm. Chimli, to‘q jigarrang, namroq, o‘rta qumoq, zichlangan, mayda
            kesakchali,  «tuproq  marjonlari»  donador,  tuproqdagi  organizmlarning  izlari
            kam uchraydi, keyingi qatlamga rangi orqali o‘tadi.
                    10-30sm.  Chim  osti  qatlami  jigarrang,  o‘rta  qumoq,  namroq,  «tuproq
            marjonlari» juda ko‘p, donador, zichligi bir xilda emas, o‘simlik ildizlari hamda
            tuproqdagi  organizmlarning  izlari  juda  ko‘p,  pastga  qaragan  yoriqlar  paydo
            bo‘lgan, keyingi qatlamga rangi va zichligi bilan utadi.

                    30-75sm.  Och  jigarrang,  namroq,  sochiluvchan,  kam  zichlangan,  o‘rta
            qumoq,  donador  kesakchali,  mayda  va  yirik  turli  o‘lchamdagi  tog‘  jinslari
            uchraydi,  organizmlarning  izlari  bor,  karbonatlar  oq  ko‘zanak  (beloglazki)
            ko‘rinishida uchraydi, 10% li HCL da qaynaydi, keyingi qatlamga o‘tish  rangi-
            tusi bilan.

                    75-110sm.  Och  jigarrang,  namroq,  o‘rta  qumoq,  o‘rtacha  zichlashgan,
            strukturasiz, chala chirigan ildizlar uchraydi, 10% li HCL da kuchli qaynaydi.
                     Keltirilgan  morfologik  tavsiflarning  ko‘rsatishicha,  tog‘  jigarrang
            ishqorsizlangan tuiroqlarning genetik qatlamlari yaxshi shakllangan bo‘lib, ular
            o‘zaro  morfologik  belgilari  bo‘yicha  yaqqol  farqlanadi.  Ayniqsa,  illyuvial
            karbonatsiz  qatlamning  aniq  ajralib  turishi  mazkur  tuproqlapra  xosdir.  Bu
            tuproqlarning  profili  deyarli  bir  xil  mexanik  tarkibga,  yaxshi  strukturali
            bo‘lakchalarga    xamda  hajm  og‘irligi  va  g‘ovaklikka  ega  ekanligini  ko‘rish

            mumkin.  Ularning  bunday  ijobiy  agrofizik  xossalari  yaxshi  suv
            o‘tkazuvchanlikni  ta’minlash  imkonini  beradi.  Yuqori  suv  o‘tkazuvchanlik
            ayrim  elementlarning,  jumladan,  karbonatlarning,  pastki  qatlamlarga
            yuvilishiga olib keladi, yaxshi ifodalangan elyuvial va illyuvial qatlamlarning
            shakllanishiga sabab bo‘ladi.

                    Kimyoviy tarkibi jihatidan tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar yuqori
            gumusli tuproqlar guruhini tashkil qiladi. Gumus miqdori jihatidan bu tuproqlar
            jigarrang  tipik  tuproqlar  ko‘rsatkichiga  teng,  ba’zan  undan  ortiqroq.  Gumus
            genetik qatlamlarda bir xilda tarqalmagan bo‘lib, pastki qatlamlarga o‘tgan sari
            sezilarli  darajada  kamayishi  kuzatiladi.  Gumus  ko‘p  bo‘lganligi  sababli,  bu
            tuproqlar o‘z rangi-tusi jihatidan qoramtir  yoki to‘q jigarrang tusda. Chotqol,
            Qurama, Farg‘ona va Turkiston tog‘ tizmalarining shimoliy qiyaliklaridagi bu

            tuproqlar    keng  bargli  daraxt-yong‘oqzorlarda  rivojlanadi.  Shuning  uchun  bu
            tuproqlar  qoramtir-qo‘ng‘ir yong‘oqzor tuproqlari nomi bilan ham yuritilgan.
                     Yuqori unumdor bo‘lganligi tufayli bu tuproqlarda umumiy azot miqdori
            0,15-0,70%  atrofida.  Tuproq  profilida  umumiy  fosfor  0,10-0,20%  dan
            oshmaydi. Bu tuproqlarning yuqori qismi karbonatlardan birmuncha yuvilgan,
            shuning  uchun  ular  70-80sm,  ayrim  hollarda  100sm.  dan  pastki  qatlamlarda

            namoyon  bo‘ladi  va  8-10%  ni  tashkil  qiladi.  Morfologik  jihatdan  ham  bu
                                                            75
   70   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80