Page 74 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 74
Qashqasoy suvining o‘ng qirg‘og‘idagi birinchi terrasaning g‘arbiy (8°)
qiyaligidan kesma ochilgan. Tuproq yuzasi qalin chim bilan qoplangan.
20-kesma.0-6sm. Chimli qatlam to‘q jigarrangli, nam, mexanik tarkibi
o‘rta qumoq, o‘rta zichlangan, mayda kesakchali, ayniqsa, «tuproq marjonlari»
shaklidagi agregatli bo‘lakchalar, o‘simlik ildizlari juda ko‘p, turli o‘lchamdagi
tog‘ jinslari bo‘lakchalari uchrab turadi, keyingi qatlamga rangi bilan o‘tadi.
6-18sm. Qo‘ng‘ir tusli jigarrang, quruk, o‘rta qumoq, mayda kesakchali,
ba’zan sezilarli donadorli agregatlar, ba’zan tuproq marjonlari holda uchraydi,
zichligi bir xilda emas, umuman olganda, oldingi qatlamga nisbatan bo‘shroq,
o‘simlik ildizlari juda ko‘p, keyingi qatlamga rangi va skeletliligi bilan o‘tadi.
18-35sm. Jigarrang kulrang biroz toblanuvchi, quruq, o‘rta qumoq,
boshqa yuqori qatlamlarga nisbatan zichroq, «tuproq marjonlari» uchraydi, turli
o‘lchamdagi tog‘ jinslari taxminan 30% ni tashkil kiladi, rangi va toshlarning
ko‘p uchrashi, skeletliligi bilan keyingi qatlamga o‘tadi. 35-50sm. To‘q
jigarrang qo‘ng‘ir tusli, quruq, o‘rta qumoq, zichlangan, yuqoridagiga nisbatan
bu chuqurlikda tosh va shag‘allar 70% ni tashkil qiladi, har xil tog‘ jinslari-ning
turli o‘lchamdagi bo‘lakchalari bor, ba’zan shu jinslarning yuzasi qo‘ng‘ir
rangli dog‘ bilan qoplangan, bu temir moddalarining ta’sirida ro‘y bergan deb
taxmin qilinadi.
67.a-kesma. Zomin qo‘riqxonasining sharqiy qiyaligida Oqtosh soyining
yuqori qismidagi (35-40°) qiyalikda joylashgan bo‘lib, tuproqning ustki chimli
qatlami o‘rtacha, archaning igna barglari va singan shoxchalari bor, rel’efi egri-
bugri, notekis, lekin eroziyaga kam uchragan, archazor, buta o‘simliklaridan
na’matak va har xil o‘t-o‘simliklar bor.
0-3sm. Chimli qatlam to‘q jigarrang, namxush, o‘rta qumoq, mayda
donador, «tuproq marjonlari» hosil bo‘lgan, qatlamda tog‘ jinslarining turli
o‘lchamdagi bo‘lakchalari uchraydi, zichligi bir xilda, tuproq organizmlarining
izlari ko‘rinadi, keyingi qatlamga rangi-tusining o‘zgarishi bilan o‘tadi.
3-39sm. Chim osti qatlami bo‘lib, yuqoridagi qatlamning rangidan
ochroq, nam, o‘rta qumoq, donador bo‘lakchali, ba’zan «tuproq marjonlari»
uchraydi, zichligi bir xilda emas, o‘simliklarning mayda va yirik ildizlari juda
ko‘p, tuproq jonivorlarining izlari va chiqindilar bor, tog‘ jinslarining
bo‘lakchalari uchraydi, keyingi qatlamga rangi va zichligi bilan o‘tadi.
39-75sm. Yuqoridagi qatlam rangidan ochroq, o‘rta qumoq, boshqa
qatlamlarga nisbatan zichroq, chala chirigan o‘simliklar ildizchalari, tuproq
jonivorlari hamda chuvalchanglar inlari va chiqindilari uchraydi, tog‘
jinslarining bo‘lakchalari ham bor, keyingi qatlamga rangi-tusi va skeletliligi
bilan o‘tadi.
75-105sm. Och jigarrang, bir oz namlangan, o‘rta qumoq, zich loylangan,
chala chirigan o‘simlik ildizlari uchraydi, yirik tog‘ jinslari chiqa boshlaydi,
10% li HCL kislotasida qaynaydi:
74