Page 69 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 69
kam chimlangan, tuprog‘ida tosh va shag‘allar bor, 10% li HCL da kuchli
qaynaydi.
0-5sm. Chimli, to‘q jigarrang, yomg‘irdan so‘ng yangi namlangan, o‘rta
qumoq, o‘rtacha zichlangan, donador, mayda bo‘lakchali tuproq munchoqlari
hosil bo‘lgan, yirik toshlar uchraydi, keyingi qatlamga rangi va zichligi bilan
o‘tadi.
5-26sm. Chim osti qatlam, bir oz kulrang tusli jigarrang, o‘rta qumoq,
zichligi bo‘shroq, yong‘oqsimon donador, mayda karbonatli birikmalar ko‘p,
o‘simlik ildizlari uchraydi, keyingi qatlamga o‘tish zichligi bilan kuzatiladi.
26-100sm. Yuqoridagi qatlamga qaraganda ochroq rangda, quruq, o‘rta
qumoq, o‘simlik ildizlari va shag‘al toshlar uchraydi, tepadan pastga yoriqlar
hosil bo‘lgan, qatlamning yuqori qismida juda ko‘p karbonatli birikmalar
mog‘op va konkretsiyalar shaklida uchraydi, keyingi qatlamga rangi va zichligi
orqali o‘tadi.
100-140sm. Och jigarrang, biroz namlangan, og‘ir qumoq, loylangan,
zichlangan, yoriqlar hosil bo‘lib,yoriqlari karbonatli birikmalar bilan to‘lgan.
55-kesma. Zomin tog‘idagi yuqori tekislikning janubiy-g‘arbiy
0
qismidagi 25 qiyaligida joylashgan, pireyno-tipchak o‘simliklari o‘sadi,
tuproqning yuza qismi g‘adir-budur, toshloq, 10% li HCL da kuchli qaynaydi.
0-8sm. Jigarrang, quruq, o‘rta qumoq, mayda zarrachali, o‘rtacha
zichlangan, tarkibida turli shag‘allar bo‘lib, notekis tarqalgan va turli
o‘lchamlidir, o‘simlik ildizlari uchraydi, 10% li HCL kislotasi ta’sirida
qaynaydi, keyingi qatlamga o‘tish rangi va zichligi bo‘yicha kuzatiladi.
8-30sm. Chim osti qatlam, och jigarrang, kuruq, og‘ir qumoq, o‘simlik
ildizlari ko‘p, turli o‘lchamli toshlar, chuvalchang izlari va inlari uchraydi,
zichligi bir xil emas, karbonatlar mog‘or ko‘rinishda, 10% li HCL da kuchli
qaynaydi, keyingi qatlamga rangi bo‘yicha o‘tadi.
30-80sm. Jigarrang qizg‘ishroq, yirik donador, og‘ir qumoq, zichroq,
pastga qarab yoriqlar paydo bo‘lgan, karbonat birikmalari aniq ko‘rinib turibdi,
10% li HC1 da kuchli qaynaydi, keyingi qatlamga o‘tish rangi orqali kuzatiladi.
80-110sm. Qizil, biroz namlangan, og‘ir qumoq, zich pastga qarab yoriqlar
bor, 10% li HCL da kuchsiz qaynaydi.
Jigarrang karbonatli tuproqlar yaxshi rivojlangan, morfologik belgilari
to‘q jigarrang tuproqlarga xos bo‘lib, yaxshi ifodalangan, agregatlar turli
kattalikda va shaklda, kesakchali, ayniqsa, bu holat chim va chim osti
qatlamlariga tegishli, chunki ulardagi chirindi asosan o‘simlik qoldiqlarining
umumiy zaxirasi hisobiga ko‘payadi. Fosfor elementi deyarli to‘planmagan.
Gumus va umumiy azotning ko‘p bo‘lishiga qaramasdan yalpi fosfor bu
qatlamlarda uncha yuqori emas.
Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlarda umumiy fosfor miqdori 0,10-0,17%
atrofida, uning eng katta ko‘rsatkichlari pastki qatlamlarda, ayniqsa,
mikroorganizmlar faoliyati yaxshi ifodalangan karbonatli illyuvial qatlamlarga
69