Page 65 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 65

oqimlarida tarkalgan. Kulrang va qo‘ng‘ir rangli loyli slanetslar va oxaktoshlar
            parchalangandan so‘ng suv shimilishi uchun qiynn bo‘lgan jigarrang qatlamlar
            hosil  qiladi.      Toshko‘mir,  ohaktosh  yotqiziqlari  Qizilmozor  va  Qashqasuv

            soylarining  yuqori  qismida  uchraydi.  Slanes  va  qumtoshlar  silliq  rel’ef
            shakllarini hosil qiladi.
                       Neogen  konglomeratlari  oson  emiriladigan  bo‘lgani  uchun  bu  joylarda
            rel’efning  turli  ustunlar  va  piramidalarga  o‘xshash  shakllari  vujudga
            kelganligini  ko‘rishimiz  mumkin.  Zomin  «Xalq  bog‘i»ning  geomorfologiyasi
            va  rel’efi  juda  xilma-xildir.  Zomin  «Xalq  bog‘i»  ning  to‘liq  maydoni  tog‘li
            rel’efga ega bo‘lib, uni quyidagi geomorfolik tumanlarga bo‘lish mumkin.

                  1.Baland tog‘lar.
                  2.O‘rta tog‘lar.
                  3.Past tog‘lar.
                  4.Tog‘ oldi past tekisliklari.
                  5.Tog‘ etaklaridagi to‘lqinsimon tekisliklar.

                    Iqlimi.  Zomin  tog‘I  o‘ziga  xos  juda  xilma-xillikka  ega  iqlim  sharoitlari
            bilan  ajralib  turadi.Turkiston  tog‘  tizmasining  janubiy  va  janubiy-sharqiy
            qismidagi baland tog‘lardan tashkil topgan tabiiy to‘siqlar shimoliy qismidagi
            keng  va  ochiq  tekislik  bog‘ning  iqlim  sharoitiga  muhim  ta’sir  ko‘rsatadi.
            Rel’efning  xilma-xilligi  yog‘ingarchiliklarni  notekis  taqsimlanishiga  olib
            keladi.  Gidrotermik  sharoitiga,  adabiyotlardagi  tafsilotlarga  ko‘ra,  Zomin
            tog‘ining  iqlimi  Turon  provinsiyasi  iqlimiga  to‘g‘ri  keladi.  Quruq  iqlimli
            mintaqalar  (ariddar)  dengiz  sathidan  1500m  gacha.  Bir  yilda  o‘rtacha  250-

            300mm  atmosfera  yog‘inlari  yog‘adi.  Subgumitli  mintaqalarda  (past  va  o‘rta
            tog‘larda) o‘rta tog‘larda 1000-1500mm gacha yog‘ingarchilik bo‘ladi.Bu yerda
            daraxt va bu‘ta o‘simliklarining o‘sishi uchun anchagina yaxshi iqlimiy sharoit
            mavjud.  Gumid  mintaqaga  (yuqori  mintaqa)  dengiz  satxidan  2000metr
            balandliqdagi  yozi  ancha  salqin,  baland  tog‘  tizmalari  kiradi.  Yilda  o‘rta

            hisobda yog‘ingarchilik 400mm.dan oshmaydi. Havoning namligi bu mintaqada
            yog‘ingarchilik  kam  bo‘lishiga  qaramay  ancha  baland.  Zomin  «Xalq  bog‘i»
            ning  joylashuvi  bo‘yicha  asosiy  xarakterga  ega  ekanligi  uning  keskin
            kontinental,  namligi  past  bulutli  kunlar  uncha  ko‘p  emas,  yog‘ingarchilik
            miqdori o‘simliklarning o‘sishiga yetarli darajada.
                    O‘simliklari.  Zomin  tog‘ining o‘simliklar  qoplami  bir necha xil turdan
            iborat.  Lekin  ular  dengiz  satxidan  ko‘tarilgan  sari  ekspozitsiya,  tog‘

            qoyalarining qiyaligi  va tuproq sharoitlariga qarab  o‘zgarib boradi. Turkiston
            tog‘  tizmasining  shimoliy  qismi  cho‘lga  yaqin  bo‘lganligi  uchun  o‘simliklari
            kam. Qo‘riqxona hududi uchta o‘simlik mintaqasiga ajratilgan:
                     1.Tog‘ sahrosi (dasht mintaqasi).
                     2.Archazor mintaqasi.
                     3.Baland tog‘li kserofitlar mintaqasi.



                                                            65
   60   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70