Page 62 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 62

A.0-3sm.  Qo‘ng‘ir-jigarrang  tusli,  toza,  engil  qumoq,  maydalanuvchan,
            donador, ba’zan tosh donachalari uchraydi. Keyingi qatlamga o‘tish rangining
            o‘zgarishi va tuproq jonzotlari bilan farqlanadi.

                      AT.3-21sm. Qo‘ng‘ir tusli, quruq, o‘rta qumoq, donador, tuproq qazuvchi
            hayvonlar inlari uchraydi, turli o‘lchamdagi ildiz qoldiqlari va tosh donachalari
            ko‘p, keyingi qatlamga o‘tish strukturasi bilan farqlanadi.
                    B.21-63sm.Qo‘ng‘ir  tusli,  quruq,  o‘rta  qumoq  donador,  tuproq  qazuvchi
            hayvonlar faoliyati natijasida ishlov berilgan, ildiz qoldiqlari va toshli.
                     C.63 sm.  Shag‘alli ona jins.
            Bu tuproqlar uchun o‘ziga xos quyidagi morfologik tuzilish belgilariga ega:

            1). Yuqori chirindili qatlam yaxshi chimlangan; 2). To‘q-kulrang qo‘ng‘ir tusli,
            qo‘ng‘ir-kulrang  tusli;3).  Donador  strukturali;  4).  Tuproq  jonzotlarining
            faoliyati  kam  (boshqa  tog‘  tuproqlariga  nisbatan);  5).  Ona  jins  bilan  tuproq
            kesmasida  yetarlicha  bog‘lanish  mavjud;  6).  Ildiz  qoldiqlari  chirindili  A-
            qatlamda ko‘p uchraydi. Baland tog‘ och-qo‘ng‘ir o‘tloqi dasht tuproqlari engil

            va  o‘rta  qumoq.  Baland  tog‘  mintaqasining  och-  qo‘ng‘ir  o‘tloqi  va  o‘tloqi-
            dasht  tuproqlari  yuqori  chirindili,  azotga  boy  xisoblanib,  eng  pastki
            qatlamlarigacha  (ona  jinsgacha)  chirindi  yuqori  ko‘rsatkichga  ega.  Chimli
            qatlamlar unchalik kuchli rivojlanmagan. Qum zarrachalarining miqdori boshqa
            tuproqlarga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichga ega. Kesmaning o‘rta qismida
            fizik  loyning  miqdori  ortib  boradi,  buning  asosiy  sababi,  birinchidan,
            namlikning  yuqoriligi  bo‘lsa,  ikkinchidan,  yuviladigan  suv  tartibi  sharoitida
            bo‘lishi,  ya’ni  yuqori  qatlamlardan  yuvilib  tushishi  jarayoni  hisobiga  boradi.

            Yirik chang miqdori (0,05-0,01mm) ham boshqa zarrachalarga nisbatan yuqori
            ko‘rsatkichga  ega,  mikroagregatlik  xususiyatlari    yaxshi.Tuproqlarning
            singdirish sig‘imi tarkibidan kalsiy kationi ko‘p. Bu tuproqlar chirindiga boy va
            yaxshi  strukturaga  ega  bo‘lganligi  uchun  yuqori  g‘ovaklikka  ega.
            Tuproqlarning  yuqori  toshlilik  darajasi  46,3-50%  atrofida.  Hajm  og‘irligi

            tuproq kesmasida sezilarli  o‘zgarmaydi  va  yuqori qatlamdan  pastki  qatlamlar
                                        3
            tomon 1,27- 1,42 g/sm gacha.

               BALAND  (SUBALP VA ALP ) TOG‘  MINTAQASINING O‘TLOQI-DASHT VA OCH-
                                         QO‘NG‘IR O‘TLOQI TUPROQLARI
                      Subalp tog‘-o‘tloqi  va  o‘tloqi-dasht tuproqlar.  Subalp tog‘-o‘tloqi va
            o‘tloqi-dasht  tuproqlar  baland  tog‘larda  dengiz  satxidan  2400-3000m.
            balandlikda  joylashgan  bo‘lib,  o‘ziga  xos  original  tiplari  hisoblanadi.  Ular
            ancha  sernam,  atmosfera  yog‘inlari  ko‘p  yog‘adigan  sharoitda  alp  va  subalp
            tipiga  kiradigan  turli  o‘t-o‘simliklar  ta’sirida  har  xil  ona  jinslar  ustida  paydo

            bo‘lgan.
                       1.Tog‘-o‘tloqi  qora  tuproqlar  asosan  baland  tog‘larning  shimoliy
            sernam  bo‘lgan  qiyaliklarida  baland  bo‘yli  turli  o‘t-o‘simliklar  ta’sirida
            rivojlangan  bo‘lib,  morfologik  va  kimyoviy  xususiyatlari  jihatidan  tog‘

                                                            62
   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67