Page 59 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 59
bo‘yicha CO2 miqdori va tarqalishi ularning ishqorsizlanganligidan dalolat
beradi. To‘q tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning yuqori 5-24sm. qatlamida CO2 3,5%,
200sm chuqurlikda esa 8% gacha to‘planib, eng ko‘p miqdorda ishqorsizlanish
to‘q jigarrang tuproqlarda kuzatiladi. Jigarrang tuproqlarning profilida CO2 1,1-
1,4% ni tashkil etadi. Ikkala tuproq ham ikki valentli asoslarga to‘yingan.
Almashinuvchi asoslarda kalsiy singdirish sig‘imining asosiy 80-85% tashkil
etadi.
Tuproqning mexanik tarkibi. Qora-qo‘ng‘ir va to‘q jigarrang
tuproqlarning mexanik va agregat tarkibiga ko‘ra, fizik loy asosan tuproq
profilining o‘rta qismida (40-100%) to‘planishi kuzatilgan 52-kesmaning 90-
100sm chuqurligida 58,3%, 50-60sm qatlamida 62,7% fizik loy to‘planganligi
kuzatiladi. To‘q jigarrang tuproqlarning 30-40sm qatlamida esa 65,6% fizik loy
to‘plangan bo‘lib, ulardagi il zarrachalar (<0,001mm) miqdori 25,68% ni
tashkil etib, to‘q jigarrang tuproqlarda gleylashgan qatlam hosil bo‘ladi. Bu
tuproqlarniig mexanik tarkibi N.A.Kachinskiy tasnifi bo‘yicha og‘ir
qumoqlarga mansub. Mexanik tarkibi og‘irlashuvchi tog‘ tuproqlari uchun
qonuniy hol bo‘lib, tuproqdagi mineral qismining parchalanishi bilan bog‘liq.
Bunda fraksiyalar tuproq profilining o‘rta qatlamlarda illyuviallanish hisobiga
to‘planadi. Taxlil natijalariga ko‘ra to‘q jigarrang tuproqlarning mikrostruktura
hosil qilish imkoniyatlariga ega ekanligidan dalolat beradi. Haqiqiy
agregatlarning yig‘indisi qora-qo‘ng‘ir tuproqlar bo‘yicha 26,7-47,3% atrofida.
To‘q jigarrang tuproqlarda ham shunday qonuniyat kuzatilib, agregat
zarrachalari miqdori 30,48 da 44,55% gacha o‘zgarib turadi.Tuproq
unumdorligini baholashda mikrostrukturalarning ahamiyati juda katta donador
mikrostruktura tuproq zichligini kamaytiradi, o‘simliklarga suv va havo
o‘tkazib berishda ko‘maklashadi. Mikrostrukturaning bo‘lmasligi qumoq va
loysimon tuproqlar zichligigi ortib, o‘simlik ildizining rivojlanishini
qiyinlashtiradi.
To‘q tusli qo‘ng‘ir tuproqlar yaxshi makrostukturaga ega bo‘lib, uning
hosil bo‘lishida kuchli rivojlangan ildiz tizimi turli umurtqali va umurtqasiz yer
qazuvchi tuproq organizmlarining faoliyati kabi biologik jarayonlar asosiy rol
o‘ynaydi. Suvga chidamli strukturami hosil qilishda bu yerda ko‘p mikdorda
yashovchi chuvalchanglarning roli ayniqsa katta. Bu tuproqlarning strukturasi
yaqqol zoogen xarakterga ega. Natijada, bu jarayonlar to‘q jigarrang
tuproqlarda yaxshi suv o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan strukturani yaratadi.
Tuproqlarning Sanvinov usulidagi taxlillari ko‘proq yuqori gorizontlarda suvga
chidamli agregatlarning to‘planishini ko‘rsatadi. Suvga chidamli < 0,25 mm
zarrachalarning 78-91% miqdori yuqori qatlamlarda kuzatiladi. Yuqori darajada
suvga chidamli strukturaga ega bo‘lganligi tufayli bu tuproqlarda eroziya
jarayonlari zaiflashgan. Bundan tashqari, zichligi pasayib, g‘ovakligi havo va
suv utkazuvchanligini oshiradi. To‘q jigarrang dasht tuproqlari ham yaxshi
suvga chidamli makrostrukturaga ega. Suvga chidamli agregatlarning eng ko‘p
59