Page 56 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 56

2,5  martagacha  oshadi.  Bu  ma’lumotlar  ishqorsizlangan,  tipik  va  karbonatli
            tuproqlarda       qumli      zarrachalarning        nurash      jarayoni      turli    darajada
            kechayotganligidan  dalolat  beradi.  Mexanik  tarkibi  taxlil  qilinayotgan  barcha

            tog‘  jigarrang  tuproqlarning  tipchalarida  yirik  chang  (0,05-0,01mm)
            zarrachalari  miqdori  qolgan  barcha  mexanik  zarrachalar  miqdoridan  ustunlik
            qilib,  butun  profil  bo‘yicha  35-46%  atrofida  bo‘ladi.  O‘z  navbatida,  bu
            tuproqlarda ichki nurash uchun katta imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.
            O‘rtacha  chang  (0,01-0,005mm)  va  mayda  chang  (0,005-  0,001mm)
            zarrachalarining miqdori butun profil bo‘ylab 10-20%  atrofida. Genetik nuqtai
            nazardan il zarrachalari (< 0,001mm) miqdorining vertikal profilda  o‘zgarishi

            katta    ahamiyatga  ega.  Chunki  il  zarrachasi  miqdorining  u  yoki  bu  qatlamda
            oshib  borishi,  tuproq  qatlamida  nurash  jarayoni  yuqori  darajada  kechishini
            ko‘rsatish  bilan  birga  qatlamlarda  loyqalanish,  ya’ni  il  zarrachalarining
            to‘planishidan  dalolat  berib.  Bu  jarayon    ishqorsizlangan  tog‘  jigarrang
            tuproqlarda kuchliroq. Tog‘ jigarrang tuproqlarda  gumusning ko‘pligi hamda

            mayda  chang  va  il  zarrachalarining  ham  boshqa  tuproq  tiplariga  nisbatan
            ko‘pligi  tog‘  jigarrang  tuproqlarining  yuqori  makro  va  mikroagregatlik
            xususiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Ishqorsizlangan, tipik va karbonatli
            tog‘  jigarrang  tuproqlaridagi  suvga  chidamli  agregatlar  yig‘indisi  yuqori  (0-
            40sm) qatlamda 33-56% atrofida. Bu tuproqlardagi suvga chidamli agregatlar
            umumiy agregatlar miqdorining deyarli 1/5 qismini tashkil etadi. O‘z navbatida,
            suvga  chidamli  agregatlarning  1/3  qismini  esa  makro  agregatlar  (>0,25mm),
            qolgan qismini mikroagregatlar (<0,25mm) tashkil qiladi. Bu tuproqlar uchun

            ijobiy  xususiyat  hisoblanadi.  Chunki  suvga  chidamli  makroagregatlarning
            ko‘pligi suv eroziyasidan saqlaydi.  Tog‘ jigarrang tuproqlar tarkibida  gumus
            miqdorining  yuqori  bo‘lishi  hamda  mayda  zarrachalarning  ko‘pligi,  ayniqsa
            karbonatlarning  ishtirok  etishi  natijasida  tog‘  jigarrang  tuproqlarda  suvga
            chidamli  agregatlarning  yaxshi  shakllanishi  ularning  katta  imkoniyatlari

            hisoblanadi. Ikkinchidan esa, o‘simlik qoplamining turli-tumanligi, o‘simliklar-
            ning tuproq yuzasini to‘liq qoplashi hamda tabiiy sharoitda agregatlarning hosil
            bo‘lishiga sharoit yaratadi.
                    Tog‘ jigarrang tuproqlarning agrokimyoviy xossalari. Chotqol biosfera
            qo‘riqxonasi  tog‘  tuproqlari  davlat  tomonidan  himoyalanganligi  sababli
            tuproqning  genetik  qatlamlari  yaxshi  saqlangan  va  gumusning  hosil  bo‘lishi
            uchun  yetarli  miqdorda    yer  usti  va  yer  osti  o‘simlik hamda  tuproqdagi  turli

            organizmlar  qoldiqlari  mavjud.  Tog‘  jigarrang  tuproqlarning  ishqorsizlangan,
            tipik  va  karbonatli  tipchalari  o‘zaro  gumusning  miqdori  bo‘yicha  bir-biridan
            farqlanadi.
                      Tog‘jigarrang tuproq tipchalardan yuqori gumusga ega  ishqorsizlangan
            tipchaning chimli qatlamida gumus miqdori 8-9% ni, chim osti qatlamida esa
            gumus  miqdori  4,5-6,0%  ni  tashkil  qiladi.  Gumus  miqdori  ko‘p  bo‘lgan

            qatlamidagi umumiy azot miqdori 0,84-0,93% dan 0,35-0,6% gacha, umumiy
                                                            56
   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60   61