Page 53 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 53
oqish pardalar ko‘rinishida ifodalanadi. agregatlar yumshoq va suvga
chidamsiz.
Karbonatli jigarrang tuproqlar, odatda, melkozyomli, uncha-muncha
skeletli dellyuvial, prollyuvial, ayrim holda prollyuvial lyossimon yotqiziqlar
ustida rivojlanadi. Tuproq qatlamining qalinligi bevosita rel’efiga va tog‘
qiyaliklarining quyoshga nisbatan joylashganligiga qarab turlicha bo‘ladi.
8.16-17 rasmlar. Jigarrang tuproqlar.
60-kesma. Boshqizilsoy hududi. Shovozikalonsoyning o‘ng
qirg‘og‘ining janubiy-sharqiy tomonida joylashgan, qiyaligi 20-25°, rel’efi
past-baland, tuproq yuzasi o‘rtacha yuvilgan, yirik tosh va shag‘al (diametri 10-
15 sm) uchraydi, dellyuvial yotqiziqlari ustida hosil bo‘lgan asosan bug‘doyiq,
zizifora o‘simliklari o‘sadi, butalar kam uchraydi, o‘simliklar bilan yuza 60-
70% qoplangan, 10% li HCL da kuchli qaynaydi.
0-6 sm. To‘q kulrang, qatlami kam chimlangan, bir oz jigarrang tusli,
o‘rta qumoq, o‘rtacha zichlashgan, o‘simlik ildizlari yuqori qatlamlarida
ko‘proq, donador , 10% li HCL da kuchli qaynaydi. Turli o‘lchamdagi shag‘al
toshchalar uchraydi. Keyingi qatlamga o‘tish zichligi va rangi bilan farqlanadi.
6-24 sm. Jigarrang quruq, o‘rta qumoq, har xil shakl va kattalikdagi tosh
bo‘lakchalari uchraydi, o‘rtacha zichlangan, mayda kesakchali, chala chirigan
o‘simlik ildizlari uchraydi, 10% li HCI da kuchli qaynaydi. Karbonat konkren-
siyalari uchraydi. Keyingi qatlamga o‘tish rangi-tusi, zichligi bilan farqlanadi.
24-71 sm. Och kulrang-och jigarrang tusli, og‘ir qumoq, mayda tosh
bo‘lakchalari uchraydi, changsimon, mayda kesakchali, kuchli zichlangan,
tuproq jonzotlarining izlari uchraydi. Ildiz qoldiqlari ham uchraydi. 10% li HCL
da kuchli qaynaydi. Keyingi qatlamdan o‘tish zichligi bilan farqlanadi.
71-99 sm. Och kulrang, biroz jigarrang tusli, og‘ir qumoq, quruq, mayda
shag‘alli, rangining och bo‘lishiga karbonat mog‘orlarining bo‘lishi sabab,
strukturasiz, keyingi qatlamga o‘tish toshliligi va zichligi bilan farqlanadi.
99-140sm. Och kulrang, og‘ir qumoq, juda quruq mayda shag‘allar juda
ko‘p, katta tosh bo‘laklari ham uchraydi, karbonat yaqqol ko‘rinadi, juda zich.
Tog‘ jigarrang tipik tuproqlar. Shimoliy va shimoli-g‘arbiy,qisman
shimoliy-sharqiy qiyaliklarda tarqalgan bo‘lib, tuproq paydo bo‘lish jarayoni
53