Page 58 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 58

Qora-qo‘ng‘ir  tog‘  o‘rmon  tuproqlari  yong‘oq  mevali  o‘rmonning  o‘t
            qoplami  ostida  rivojlanadi.  Kesma  dengiz  satxidan  2000metr  balanlikda
            joylashgan  Qorjantog‘ning  shimoliy  qiyaligidagi  xududda  qazilgan.  O‘simlik

            qoplami: grek yong‘og‘i, o‘rik, olma hamda boshqa buta o‘simliklaridan iborat.
                                          0
            Joyning  qiyaligi  10-15 .  Tuproq  paydo  qiluvchi  ona  jinsi  qalin  qatlamli
            lyossimon qumoq.
            52-kesma. A1 0-5sm. O‘rmon to‘shagi yangi to‘kilgan va yarim chirigan yongoq
            barglaridan hamda o‘t o‘simliklaridan tashkil topgan.
                     A25-53sm.  Akkumullyativ  chirindili  qatlam  to‘q  qo‘ng‘ir  rangli,  24sm.
            dan  boshlab  qo‘ng‘ir  tusli  jigarrang,  og‘ir  qumoq,  ustki  qismi  yumshoq-

            g‘ovakli,  pastki  qatlamlarga  tomon  asta-sekin  chimlashgan,  kesakli
            yong‘oqsimon strukturali, ko‘p ildizli, chuvalchang izlari bor.






























                              8.18-19rasmlar. Qora-qo‘ng‘ir tog‘ o‘rmon tuproqlari.

                     B.53-170sm. Chirindili-o‘tuvchi qatlam, kulrang tusli, 124sm. dan boshlab
            oqimtir tusli, og‘ir qumoq, kesaksimon strukturali, kuchsiz zichlashgan, daraxt
            ildizlari hamda tuproq organizmlarining inlari mavjud.
                   C.170-240sm.Kulrang-oqimtir tusli lyossimon qumoq. Karbonati mog‘orli.
                   Qora-qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlari bilan birgalikda o‘t o‘simlik qoplamiga boy
            bo‘lgan  hududlarda  to‘q  jigarrang  tusli    tog‘  tuproqlari  joylashgan.  Tog‘li
            o‘lkadagi       qora-qo‘ng‘ir       tuproqlar      o‘zlarining      morfologik        belgilari,

            agrokimyoviy va boshqa  xossalari bilan bir-birlariga o‘xshashligi kuzatilgan.
            Kimyoviy tarkibi bo‘yicha ikkala tuproq tiplari ham juda gumusga boy. To‘q
            tusli  qo‘ng‘ir  tuproqlarning  yuqori  qatlamida  (5-24sm)  gumus  miqdori  9,9%,
            to‘q jigarrang tuproqlarning yuqori qatlamida (0-5sm) esa 4,6% ni tashkil etadi.
            Tuproq qatlami chuqurlashgan sari gumusning miqdori kamayib boradi va to‘q

            qo‘ng‘ir tuproqlarning 90-100sm.li qatlamida 3%, to‘q jigarrang tuproqlarning
            80-90sm.  da  gumus  miqdori  1,3%  gacha  kamaygan.  Bu  tuproqlarning  profili
                                                            58
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63