Page 60 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 60

miqdori (38,83%)  chim qatlamida ko‘zatiladi. Chim osti  qatlamlarida esa (5-
            21sm)  25,68%  gacha  kamayadi.  Tuproq  strukturasini  paydo  qilishda
            o‘simliklarning  ildiz  tizimi  muhim  rol  o‘ynaydi.  O‘simliklar  ildizining  fizik

            ta’siri  agregatlarning  shakli  va  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Suvga  chidamli
            agregatlar  tarkibida  gumusning  ko‘pligi  va  singdiruvchi  kompleksining
            kalsiyga  to‘yinganligi  bilan  izohlanadi.  Profil  bo‘yicha  pastga  qarab  suvga
            chidamli  agregatlar  miqdori,  gumus  miqdorining  keskin  kamayishiga,  tuproq
            zichligining esa  ortishiga olib keladi.
                    Tog‘  tuproqlarining  hajm,  solishtirma  og‘irligi  va  g‘ovakligi.  Hajm
                                                                                                     3
            og‘irligi    o‘rganilgan    qora-qo‘ng‘ir  tusli  tuproqlarda  1,25-1,55  g/sm ,  to‘q
            jigarrang  tuproqlarda  esa  1,33-1,51g/sm            3   ko‘rsatkichlar  orasida  ekanligi
            kuzatilgan.  Tuproq  yuzasi  chim  bilan  yaxshi  qoplanganligi  tufayli  yuqori
            qatlamlarning hajm og‘irligi bir muncha kamroq. Ikkala tuproqlarning illyuvial
                                                                        3
            qatlamida hajm og‘irlik eng yuqori 1,55-1,51g/sm  atrofida.
                     Baland  tog‘  mintaqasining  och  qo‘ng‘ir-o‘tloqi  va  o‘tloqi-dasht  tuproq

            tiplarining  morfologik  tuzilishi  o‘rganilganda  ular  chirindi  tarkibiga  hamda
            chimlanish darajasiga ko‘ra bir-biridan keskin farqlanadi. O‘t o‘simliklar ko‘p
            o‘sganligi bilan qalin chimli qatlam hosil qilmaydi. Tog‘ning baland  quyosh
            nuri tushib turadigan janubiy qismi esa ko‘proq soya holida bo‘ladigan shimoliy
            qismiga  nisbatan  keskin  farq  qiladi  va  tuproqning  o‘ziga  xos  morfologik
            belgilariga  tasir  ko‘rsatadi.  Quyosh  nuri  tushmaydigan  soya  tomoni  shimoliy
            ekspozitsiya  tuproqlari  morfologik  belgilariga  ko‘ra  mayda  melkozyomli  va
            chuqur  qatlamga  ega.  Quyosh  nuri  tushadigan  janubiy  ekspozitsiyalarda

            tuproqning rangi-tusi  to‘q kul, yuqori qatlami  quruq, changsimon, profilining
            chuqur emasligi bilan tuproq tiplari ajralib turadi.
                     Baland  tog‘    och-  qo‘ng‘ir  o‘tloqi  dasht  tuproqlari  unchalik  katta
            maydonni egallamagan, ammo bu tuproqlarning qatlami  qisqa, lekin chirindi
            qatlami boshqa tog‘ tuproqlariga nisbatan qalindir. Ustki qatlamda va o‘tuvchi

            qatlamda  tuproqning  mikroagregatlik  darajasi  va    tarkibi  yaxshi.  Mexanik
            tarkibi o‘rta qumoq, o‘ziga xos morfologik belgilarga ega.
                     2-kesma.  Chotqol  tizmasining  dengiz  sathidan  2500  metr  balandlikda
                                                            0
            qazilgan.  Janubiy-g‘arbiy  qiyalik  30 tashkil  qiladi.  Tuproq  yuzasi  kam
            yuvilgan,  HCL  eritmasida  qaynamaydi.  Toshlilik  darajasi  30-35%  ni  tashkil
            qiladi.  O‘simlik  qoplami  bug‘doyiq,  qiyiko‘ti,  pirey  va  boshqalardan  iborat
            bo‘lib, 45% dan iborat.

                    A.0-12sm.  To‘q  kulrang-qo‘ng‘ir  tusda,  quruq,  o‘rta  qumoq,  kuchsiz
            zichlashgan, donador changlanuvchan strukturali, mayda ildiz qoldiqlariga boy,
            kattaligi 5 sm keluvchi toshlar ko‘p uchraydi. Keyingi qatlamga o‘tishi rangi va
            zichligi bilan farqlanadi.
                   B.12-35sm.  Kulrang-jigarrang  tusda,  quruq,  o‘rta  qumoq,  donador,
            changlanuvchan,  tarkibida  turli  kattalikdagi  shagal  va  tosh  bulakchalari

            uchraydi.
                                                            60
   55   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65