Page 55 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 55
Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar. Asosan shimoliy, qisman
shimoliy-sharqiy qiyaliklarniig nisbatan tekisroq maydonlarda tarqalgan ko‘p
chirindili qatlamga va o‘simliklar dunyosiga ega. Bu tuproqlar o‘zining
quyidagi morfologik belgilari bilan boshqa tipchadagi jigarrang tuproqlardan
farqlanadi: ko‘p gumusli, odatda, qoramtir-qo‘ng‘ir jigarrang tusli, qalin
chirindili qatlamning mavjudligi, yuqori qismi mustahkam chimli qatlam bilan
qoplangan, donador kesakchali, asosan «tuproq marjonlaridan» tashkil topgan
g‘ovak strukturali bo‘lakchalarning mavjudligi bilan;
-profilning o‘rta qismida yaxshi ifodalangan loyqali-illyuvial qatlamning
mavjudligi;
-profilning quyi qismida esa karbonatli qatlamning yaqqol ifodalanishi.
Yuqorida keltirilgan karbonatli, tipik va ishqorsizlangan tuproqlarning
morfologik tavsiflari bir-biridan biroz farqlanadi. Bu tuproqlarning shakllanishi,
asosan, joyning rel’efi va tog‘ yonbag‘irlarining quyosh nuri energiyasiga
nisbatan tutgan o‘rni muhim ahamiyatga ega.
350-kesma. Chotqol biosfera qo‘riqxonasining shimoliy g‘arbiy qismida,
0
17 qiyalikdagi archazorda joylashgan bo‘lib, o‘simliklar bilan qoplanganligi
80-90%, tuproq yuzasi eroziyaga kam uchragan, 0,2-0,3 mm li yoriqchalar
mavjud, o‘t o‘simliklar bilan yaxshi qoplanganligi sababli yaxshi chimlangan.
Achim 0-16sm. Serchirindili, qo‘ng‘ir tusli jigarrang, yaxshi namlangan,
bo‘shroq, o‘rta qumoq, yong‘oqchasimon strukturali, buta va daraxt ildizlari
mavjud, keyingi qatlamga o‘tish asta-sekinlik bilan rangi-tusi orqali.
Ach/o 16-33sm.To‘q jigarrang, yuqori qatlamga nisbatan ochroq, og‘ir
kumoq, o‘simliklarning ildizlari ko‘p uchraydi. Yong‘oqsimon kesakchali
strukturali, keyingi qatlamga o‘tish asta-sekinlik bilan rangi-tusi orqali
kuzatiladi.
B1 33-60sm. Och jigarrang qo‘ng‘ir toilanuvchi, sernam, og‘ir qumoq, har
xil kattalikdagi kesakchalar mavjud, ko‘p sonli jonivorlar tomonidan yaxshi
ishlangan, keyingi qatlamga o‘tish asta-sekinlik bilan rangi orqali kuzatiladi.
B2 77-104sm. Och jigarrang, biroz kulrang tusli, og‘ir qumoq, tez uvalanib
ketadigan agregatli, ildizlar kam, keyingi qatlamga o‘tish asta-sekin rangi bilan.
104-160sm. Sarg‘ish, biroz qo‘ng‘ir tusli, bo‘shroq, og‘ir qumoq,tuproq
jonivorlari faoliyati kam, strukturasiz.Keyingi qatlamga rangi-tusi orqali o‘tadi.
C2150-200sm. Sarg‘ish, namxush, strukturasiz, og‘ir qumoq, bir xil
tuzilishga ega bo‘lgan lyossimon yotqiziqlardan tashkil topgan qatlam.
Tog‘ jigarrang tuproqlarning mexanik tarkibi. Tog‘ jigarrang
tuproqlar o‘rta va og‘ir mexanik tarkibga ega. Tog‘ jigarrang tuproqlarning
vertikal profilida mexanik tarkibni tashkil qiluvchi mexanik zarrachalarning
tarqalishi turlicha. Qum zarrachalarining 1-0,05mm.li miqdori ishqorsizlangan
tog‘ jigarrang tuproq tipchasida 5-10% atrofida bo‘lib, tipik karbonatli tog‘
jigarrang tuproqlarning yuqori qatlamlarida 20% atrofida. Ayniqsa, mayda qum
zarrachalarining (0,1-0,05mm) miqdori ishqorsizlangan tipchaga nisbatan 1,5-
55