Page 50 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 50

Gidrografiyasi  va  gidrologiyasi.  Boshqizilsoy  daryosi,  Boshqizilsoy
            xo‘jaligi  va  Serkalisoydan  oqib  o‘tuvchi  qo‘riqxonaning  asosiy  daryosi
            hisoblanib, soylar turlicha nomlanib, hududlarga tarmoqlanib ketgan Daryoning

            oqimi hamma joyda shiddatli. Boshqizilsoy havzasining umumiy maydoni 110
                2
            km .Tepadan  oqib  tushadigan  suv  2000metr  pastlikka  tushadi,  oqimning
            uzunligi  esa  21  km  ni  tashkil  qiladi.  Daryo  suvlarining  asosiy  manbai
            tog‘lardagi qor qoplami va yomg‘ir suvlari hisoblanadi. Yog‘in suvlari tuproq
            tarkibidagi 20-60 tonna  suvda oson eriydigan moddalarni o‘zi bilan oqizib olib
            keladi.





















                                  8.14-rasm. Chotqol tog‘i      8.15-rasm. Chotqol tog‘i yaylovlari

                       Osimliklar  dunyosi.  O‘simliklar  qoplami  tuproqning  eroziya
            jarayonlariga qarshi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chim bilan qoplangan maydonlar
            tuproqning  qanchalik  yuvilishga  moyilligini  belgilovchi  omil  hisoblanadi.
            Eroziya  jarayonining  kechishida  o‘simliklar  bilan  qoplangai  maydonlar  katta
            ahamiyatga ega. Agar eroziyaga uchragan maydonlarning asosiy qismi qor va

            yomg‘ir suvlari ta’sirida emirilgan bo‘lsa, u holda tuproqning yuvilish darajasi
            tuproqning  yuzasini  qanchalik  o‘simliklar  bilan  qoplanganligi  orqali
            aniqlanadi.Bir  yillik  ekinlar  tuproq  qoplamini  himoya  qilishdagi  rolining
            ahamiyatini  baholash uchun  o‘simliklar tarkibi  va ularni  almashlab  ekishdagi
            nisbatini,  bir  yillik  ekinlarning  vegetatsiya  davri  mobaynidagi  ko‘k  massasi
            haqida  ma’lumotlarga  ega  bo‘lish  kerak.  Ko‘pgina  olimlarning  olib  borgan
            tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklar qoplami eroziyaning boshlanishi va

            uning  rivojlashishi  jarayoniga  qarshi  eng  muhim  chora-tadbirlardan  biri
            hisoblanadi.  Yer  yuzasi  o‘simliklar  bilan  yaxshi  qoplanganda  yog‘ingarchilik
            miqdori  oshsa  ham  eroziya  jarayonining  jadallashishi  yuz  bermaydi.
            O‘simliklar  bilan  yaxshi  qoplangan  yam-yashil  yaylovlarda  suv  oqimi  katta
            bo‘lmaydi, infiltratsiya tezligi esa yuqori, tuproq yuvilishi jarayoni esa juda sust

            bo‘lib, u 0,5% va 1% dan oshmaydi. O‘simliklari  yuvilib ketgan tuproqlarda
            oqim katta bo‘lganligi tufayli infiltratsiya tezligi past bo‘ladi. O‘simliklar bilan
            qoplangan  tuproqlar  yaxshi  tarkibga  va  chidamli  agregatlarga  ega  bo‘ladi.
            O‘simliklar bilan qoplanganlik darajasi 70%dan kam bo‘lgan tuproqlarda oqim


                                                            50
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55