Page 66 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 66

Tog‘  sahrosi  (1300  dan    2100m.  gacha)  asosan  past,  o‘rta,
            yog‘ingarchiliklari  kam,  ancha  yuqori  bo‘lgan  harorat  tog‘larni  egallaydi.
            O‘simlik  guruhlaridan  asosan  o‘t-o‘simliklari  kserofit  va  efemerlar  ustunlik

            qiladi,  butalar  kam,  avtomorf  sharoiti  qulay  bo‘ladigan  o‘simliklar  ko‘proq
            uchraydi.  Bu  o‘snmliklarning  tipik  vakillariga  kuyidagilar  kiradi:  tukli
            bug‘doyiq,  ajriq  uti    qushqo‘nmaslarning  har  xil  turlari  uchraydi.
            Soyabonlilarning  ayrim  turlari  tog‘  rayxoni,  kiyiko‘t  va  murakkab
            guldoshlarning tikanli turlari o‘sadi [Xonazarov A.,2003].
                      Baland  iqlimiy  sharoitga  ko‘ra  Zarafshon  archasi  pastki  tog‘
            mintaqalarini  egallaydi  (dengiz  sathidan  1700-2300m.balanlikda),  o‘rta  tog‘

            mintaqasida  (dengiz  sathidan  2000-2500m.  balanlikda)  yarim  shar  shaklidagi
            archazorlar  joylashgan    va  baland  tog‘  mintaqasida  (dengiz  sathidan  2500-
            3300m. balanlikda) Turkiston archasi egallaydi.  Tog‘ sahrosi  o‘t-o‘simliklarga
            boy mintaqa. Bu yerda archadan boshqa mojevelnikning uch xil turi ustunlik
            qiladi.  (Zarafshon,  yarim  sharsimon  Turkiston  turlari).  Archazor  mintaqasida

            archazorlar  alohida-alohida  o‘sib,  siyrak  o‘rmonzor  ko‘rinishni  tashkil  etadi.
            Daraxtlar  zich  emas,  qayin,  zira,  na’matak,  qizilcha,  yovvoyi  suli,
            qo‘ng‘irbosh,shovul va tipchak ham uchrab turadi.
                     Baland tog‘lar mintaqasida kserofitlar o‘sadi. Bu hudud tabiiy sharoitining
            keskinligi  bilan  ajralib  turadi.  Tuproq  qatlami  yaxshi  rivojlanmagan,  ba’zi
            joylarda  tog‘  jinslari  ochiq  holatda.  Haroratning  keskin  o‘zgarishi,  havoning
            quruqligi, suv eroziyasining kuchliligi o‘simliklar turi va xarakterini belgilaydi.
            Tog‘li  kserofitlarning tipik vakili  yostiqchasimon  o‘simliklari  trogantoviy, oq

            shoyi gul va boshqalar o‘sadi.
                    Gidrologiyasi.  O‘simlik  va  mikroorganizmlar  hayotida  suv  juda  katta
            ahamiyatga ega. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida ham asosiy omil yer osti va
            usti  suvlari  hisoblanadi.  Tog‘li  hududlarda  sizot  suvlari  chuqurda  bo‘lgani
            uchun  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonida  ishtirok  etmaydi.  Bu  holatni  shimilish

            zonasi deb atalgan. Qoyalarga tushadigan yog‘in suvlarining bir qismi shimilib,
            qolgan qismi nishablik bo‘yicha pastga oqib ketadi. Shuning uchun uni tranzit
            zonasi  deb  atagan.  Bu  hududga  Sangzor  va  Zomin  soylari  havzalari  kiradi.
            Zomin  daryosiga  esa  Tuyasoy,  Oqtoshsoylar  kiradi.  Bu  soylarga  Obiko‘lsoy,
            Usmoni,  O‘rikli,  Shariloq,  Ettikechuv,  Qizilmozor,  Qoshqarsuv  soylari  kelib
            qo‘shiladi.  Bu  suvlarning  hammasi  Turkiston  tog‘  tizmasining  shimoliy
            yonbag‘ridan  oqib,  asosan  tog‘ga  yog‘adigan  qor  va  yomg‘ir  suvlarining

            erishidan  paydo  bo‘lgan  sel  suvlaridan  oziqlanadi.    Zomin  «Xalq  bog‘i»
            xududini va  sug‘oriladigan yerlarini suv bilan ta’minlash maqsadida Zomin suv
            ombori qurilgan.
                      Inson faoliyati. Inson yerdan foydalanish faoliyatida uni o‘z maqsadida
            muvofiq-lashtirgan  holda  o‘zgartirishga  harakat  qiladi.  Tuproq  paydo  bo‘lish
            jarayonida inson faol ishtirok etib, uning xossa va xususiyatlariga bevosita va

            bilvosita  ta’sir  etishi  mumkin.  Insonning  tuproqqa  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yoki
                                                            66
   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70   71