Page 68 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 68

4.Kesmada  karbonatli  qatlamning  aks  etishi  yuqori  qatlamda  uncha
            sezilarli  bo‘lmasada,  pastki  qatlamlarda  birmuncha  yaqqollashib  boradi.
            Karbonatlar    oqko‘zlar  shaklida  (beloglazki)  uchraydi.  Bu  tuproqlar  asosan

            quyosh nuri yaxshi tushadigan ochiq qiyaliklarda tarqalgan.
                     Tog‘  jigarrang  karbonatli  tuproqlar  tarqalgan  maydonlarda  o‘t-
            o‘simliklar-ning yo‘qolishi, daraxtlarni kesish, rejasiz mol boqish tuproqlarning
            buzilishiga olib keladi. Sababi bu tuproqlarda boshqa tuproqlarga nisbatan tog‘-
            yon bag‘irlarning nishabligi yuqori. Eroziya jarayoni juda tez  yuz beradi.
                    6-kesma.  Zomin  qo‘riqxonasi.  Janubiy-sharqiy  tomonda  joylashgan  tik
            qiyalik  30-40°, rel’efi past-baland, tuproq yuzasi o‘rtacha yuvilgan, yirik tosh

            va kuchli shag‘alli diametri 10-15sm, elyuvial va dellyuvial yotqiziqlar ustida
            hosil bo‘lgan, asosan o‘sadigan o‘simliklar bug‘doyiq, agropyrum, do‘lana va
            turli butalar umumiy maydonning 15% ni egallaydi, 10%  HCL da qaynaydi.
                      0-7sm. To‘q kulrang, biroz jigarrang tusda tovlanadi, yomg‘irdan so‘ng
            bir oz namlangan, engil qumoq kuchsiz zichlangan, o‘simlik ildizlari uchraydi,

            donador mayda kesakchali, bo‘lakchalar, har xil kattalikdagi toshchalar, 10% li
            HC1  da  qaynaydi,  keyingi  qatlamga  rangi  va  zichligining  o‘zgarishi  bilan
            o‘tadi.
                      7-13sm.  Jigarrang,  namlangan,  pastki  qismida  namlik  kamaya  boradi,
            o‘rta  qumoq,  har  xil  kattalikda  va  shakldagi  toshlar  uchraydi,  o‘rtacha
            zichlangan, mayda kesakchali, chala chirigan o‘simlik ildizlari uchraydi, 10% li
            HCL da qaynaydi, keyingi qatlamga o‘tish rangi va zichligi orqali farqlanadi.
                      13-24sm. Och kulrang, biroz jigarrang tusli, o‘rta qumoq, mayda toshlar

            ko‘p,  changsimon  mayda  kesakchali,  kuchli  zichlangan,  yer  hayvonlarining
            izlari  bor,  o‘simliklar  ildizlari  qoldiqlari  uchraydi,10%  li  HCL  da  qaynaydi,
            keyingi qatlamga o‘tish zichligi bilan.
                     24-45sm. Och kulrang, bir oz jigarrang tusli, quruq, o‘rta qumoq, mayda
            shag‘alli,  rangining  ochligi  karbonatlarning  mog‘or  ko‘rinishda  bo‘lishidir,

            strukturasiz, keyingi qatlamga o‘tish karbonatlarning ko‘pligi bilan belgilanadi.
                      45-61sm.  Yuqorida  keltirilgan  barcha  morfologik  belgilarni  saqlagan,
            ammo  bu  qatlam  tuproq  organizmlarining    ko‘pligi  bilan,  karbonatli
            birikmalarning  juda  ko‘pligi  bilan  boshqa  qatlamlardan  ajralib  turadi.  10%  li
            HCL  ta’sirida  juda  kuchli  qaynaydi,  karbonatlar  mog‘or  va  mayda  kristallar
            shaklida  uchraydi,  keyingi  qatlamga  o‘tish  rangi-tusi  va  mexanik  tarkibining
            dag‘alligi bilan farqlanadi.

                      61-78sm.  Biroz  qizg‘ish  jigarrang,    namxush,  engil  qumoq,  juda  ko‘p
            toshchali,  o‘simlik ildizlari va tuproq jonzotlari  kam, oz  miqdorda karbonatli
            birikmalar    uchraydi,  qatlamning  pastki  qismi  yanada  zichlashgan  va  unda
            mayda zarrachalar miqdori keskin kamaygan.
                    68-kesma.  Zomin  qo‘riqxonasining  janubda  joylashgan,  rel’efi  past-
            baland,  g‘adir-budur,  qiyaligi  3-5°,  bug‘doyiq  va  tipchak  o‘simliklari  o‘sadi,



                                                            68
   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73