Page 71 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 71

kuchli  chirindili  qatlamga  ega  bo‘lib,  illyuvial  karbonatli  qatlam  100-200sm.
            chuqurlikda  namoyon  bo‘ladi.  Loylanish  darajasi  jigarrang  karbonatli
            tuproqlarga  nisbatan  kuchli  rivojlangan.  Bu  tuproqlarning  aso-siy  morfologik

            belgilari quyidagilardan iborat:
                      1.Gumusli qatlam yaxshi ifodalangan bo‘lib, rangining to‘qligidan yaqqol
            ko‘rinib  turadi.  A-qatlamda  chirindining  miqdori  sezilarli  o‘zgarib  turadi.
            Shunga  qarab,  kam  chirindili,  o‘rtacha  chirindili  va  ko‘p  chirindili  turlarga
            bo‘linadi.
                      O‘tuvchi  B-qatlamda  B2  qatlamga  nisbatan  jigarrang  va  to‘q  jigarrang,
            to‘q qo‘ng‘ir rang ko‘proq aks etgan. Profil bo‘yicha yuqoridan pastga qarab

            chirindining  kamayishi  bilan  va  karbonatlarning  paydo  bo‘lishi  bilan
            tuproqning rangi o‘zgarib, ochlashib, och jigar rangga o‘tadi.
                      2.Chirindili  qatlam  yomg‘ir  chuvalchangi  va  yer  qazuvchi  hayvonlar
            tomonidan kuchli ishlangan.
                      3.Profilning o‘rta qismida zichlashgan loyli qatlam uchraydi.

                      4.Profilning  pastki  qismida  karbonatlar  miqdori  ortib  boradi.  Yuqori
            qatlamlarda  esa  ularning  miqdori  tuproq  massasining  1  foizidan  oshmaydi,
            jinslarda bu ko‘rsatkich 15-16 foizgacha bo‘ladi.
                       54-kesma.Zomin  «Xalq  bog‘i»,  Sufa  tog‘  tekisligining  janubiy  kichik-
                                    0
            kichik  qiyaligi  (5-8 ),  g‘adir-budur,  qo‘riq,  tipchak,  pirey  kabi  o‘simliklar  va
            archa o‘sadi, dellyuvial va prollyuvial yotqiziklardan iborat.
                       0-5sm.  Chimli  qatlam,  to‘q  jigarrang,  yangi  namlangan,  o‘rta  qumoq,
            mayda  toshchalar  ko‘p,  zichlangan,  ildizlar  juda  ko‘p,  organizm  izlari  ko‘p,

            keyingi qatlamga rangi va zichligi bilan o‘tadi.
                      5-20sm. Chim osti qatlam, rangi yuqoridagi qatlamlarga nisbatan ochroq,
            boshqa qatlamlarga qaraganda yaxshi namlangan, o‘rta qumoq, kam zichlangan
            o‘simlik  ildizlari  ko‘p uchraydi, har xil kattalikdagi va shakldagi toshchalar
            bor,  yer  osti  hayvonlari  tomonidan  yaxshi  ishlangan,  strukturalari

            munchoqsimon, keyingi qatlamga rangi bilan o‘tadi.
                     20-80sm.  Och  jigarrang,  yangi  namlangan,  o‘rta  qumoq,  mayda
            bo‘lakchali,  strukturalar  yaxshi  bog‘lanmagan,  o‘simliklarning  mayda
            ildizchalari ko‘p, sochiluvchan, qatlamning pastki qismi HC1 kislotasi ta’sirida
            qaynaydi, keyingi qatlamga rangi-tusi bilan o‘tadi.
                    80-110sm. Kulrang, oqish tus berib turadi, yaxshi namlangan, yuqoridagi
            qatlamga nisbatan zich, oqish rang berib turuvchi karbonatlarning u yoki bu turi

            bor,  yana  bu  qatlamda  Si02  to‘plamlari  bor,  archaning  ildizlari  uchraydi,
            hayvonot  dunyosi  tomonidan  sezilarli  ishlangan,  HC1  kislota  ta’sirida
            qaynaydi.
                                                                              0
                    21-kesma.Sufa  tog‘  tekisligining  sharqiy  (25-30 )  qiyaligida  joylashgan,
            archa  va  boshqa  boshoqli  o‘simliklar  hamda  tipchaklar  o‘sadi,  yuvilgan,
            shag‘alli, dellyuvial va prollyuvial yotqiziqlarda paydo bo‘lgan.



                                                            71
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76