Page 70 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 70
to‘g‘ri keladi. Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlar hamda O‘rta Osiyo
tuproqlariga xos bo‘lgan xususiyat yuqori miqdordagi umumiy kaliyning
bo‘lishi (2% va undan ortiq) bilan tavsiflanadi, bu tuproq ona jinsining
kimyoviy tarkibi bilan bog‘liqligidan dalolat beradi. Tog‘ jigarrang tuproqlar
odatda, karbonatli nurash jarayoni bilan borliq bo‘lgan sharoitda vujudga
keladi. Bu tuproqlarning kimyoviy tarkibining ham o‘ziga xos belgisi
tuproqning genetik qatlamlarida CO2-karbonatlarning miqdori. O‘rganilgan tog‘
jigarrang tuproqlardagi CO2-karbonatlar miqdori turlicha.Karbonatlar miqdori
tog‘ jigarrang tuproqlarning hosil bo‘lish sharoitiga qarab, u yoki bu
qatlamlarga yuvilishidir. Karbonatlarning yuvilish chuqurligi, karbonatli-
illyuvial katlamning shakllanishi, bir qancha omillarga, eng avvalo yog‘in-
sochin miqdori va uning tuproq qatlamlarida yuvilish darajasi hamda
chuqurligiga, tuproq, paydo qiluvchi ona jinsning karbonatlilik darajasiga va
nihoyat rel’efsharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘li o‘lkalarda rel’efeng kuchli
tuproq paydo qiluvchi omil hisoblanadi. U yog‘in-sochin suvlari va quyosh
energisini qayta taqsimlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, u yoki bu qiyalikning
harorat tartibi, tuproq qatlamlarining namlanish darajasi, chuqurligi, tuproq
tarkibidagi suvda eruvchan birikmalarning, jumladan karbonatli birikmalar
eruvchanligi kabilar bilan bog‘liq bo‘ladi. Suv ayirg‘ichda paydo bo‘lgan
tuproqlarda CO2-karbonatlar miqdori qiyaliklar tuproqlaridan kam.
Qiyalikning yuqorigi qismidagi tuproq profilida karbonatlar miqdori
profilning pastki qismiga nisbatan kam ko‘rsatkichlarni tashkil etadi. Shuning
uchun ham tog‘ jigarrang tuproqlarda karbonatlar miqdori uning qaysi rel’ef
sharoitida rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Zomin «Xalq bog‘i» sharoitidagi
jigarrang karbonatli tuproqlar asosan janubiy, namlanishi kam bo‘lgan xamda
qiyaliklarning eng pastki qismlarida shakllanganligi tufayli serkarbonatli
hisoblanadi. CO2-karbonatlar miqdori 6-10% atrofida. Yaxshi ifodalangan
serkarbonatli illyuvial qatlam odatda 30-50sm chuqurlikda joylashgan.
Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlarning kimyoviy xossalaridan biri
singdirish sig‘imi va uning tarkibidir. Bu tuproqlarning singdirish sig‘imi 18-
20mg/ekv 100g.tuproqda tashkil qilsa, shuning 92-38% singdirilgan kalsiy va
magniy tashkil qiladi, ya’ni bu tuproqlar ikki valentlik asoslar bilan to‘yingan
bo‘lib, bu tuproqlarning eng yaxshi fizik-kimyoviy xususiyatidir.O‘rganilgan
tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlarning chirindi miqdorining yuqoriligi, hamda
singdirish sig‘imining asoslar bilan to‘yinganligi tuproqning yuqori qismida
suvga chidamli strukturali bo‘lakchalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Tog‘ tipik jigarrang tuproqlarning xossalari.
Jigarrang tipik tuproqlar Chotqol va Turkiston tog‘ tizmalarining
butasimon o‘simliklar bilan qoplangan qiyaliklarida hosil bo‘lgan. Ular
jigarrang karbonatli tuproqlardan yuqorida, dengiz satxidan 1600-2400m
balandlikda uchraydi, Bu tuproqlarda butasimon o‘simliklar na siyrak
archazorlar tarqalgan. Jigarrang tipik tuproqlar boshka tuproqlarga nisbatan,
70