Page 73 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 73

Tog‘  jigarrang  tipik  tuproqlarning  tarqalishi  uning  karbonatli  tipchasidan
            biroz  yuqoriroq  balandlikda  bo‘lib,  bu  joy  o‘z  navbatida,  karbonatli
            birikmalarni  o‘tkazuvchi  yarim tranzit joy hisoblanadi. Shuning  uchun bo‘lsa

            kerak bu tuproqlarning yuqorigi katlamlarida karbonat birikmalari bo‘lmaydi,
            bo‘lsa ham kam miqdorda, ya’ni 1-2% atrofida bo‘ladi. Bu tuproqlarning 60-
            80sm. qatlamida ayrim hollarda, ikkinchi metrda karbonatli birikmalar miqdori
            5-8%  gacha  ko‘tariladi  va  yaxshi  ifodalangan  karbonatli  illyuvial  qatlamni
            tashkil  qiladi.  Ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  o‘rganilgan  tuproqlarning
            singdirish  sig‘imi  100g.  tuproqda  20-25  mg/ekv.  dan  ko‘proq  bo‘lib,  uning
            asosiy  qismini  singdirilgan  kalsiy  tashkil  qiladi.  Kalsiyning  singdirish

            kompleksida ustunlik qilishi o‘simlik va hayvonot qoldiklari gumifikatsiyasiga
            ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; almashinuvchi kalsiy chirindili kalsiy gumatlari holida
            saqlanish  imkonini beradi. Umuman,  yuqori singdirish sig‘imi  jigarrang tipik
            tuproqlarning  yuqori  chirindili  ekanligining  natijasidir.  Singdirish  kompleksi
            tarkibida almashinuvchi mg 28 mg/ekv 100g. tuproqda bo‘lib, uning maksimal

            ko‘rsatkichi  tuproq  profilining  o‘rta  illyuvial  karbonatli  qatlamiga  to‘g‘ri
            keladi. Bu esa magniy elementining tuproqning kolloid qismida to‘planishidan
            dalolat  beradi.  Singdirilgan  kaliy  miqdori  yanada  kam  100g.  tuproqda  1-5
            mg/ekv ni tashkil etib, uning eng yuqori chirindili qatlamiga to‘g‘ri keladi. Bu
            esa almashinuvchi kaliyning organik moddalar biologik sintezi jarayoni tufayli
            to‘planishidan dalolat beradi.
                    Jigarrang  tipik  tuproqlar  o‘zining  rivojlanishi  jarayonida  barcha  genetik
            qatlamlarning mukammal shakllanishi hamda o‘ziga xos kimyoviy xossalarning

            shakllanishida tegishli shart-sharoitlar mavjud. Bu sharoitlarga tuproq chirindili
            qatlamining  qalinligi,  tuproqning  o‘zida  namlikni  yaxshi  saqlashi,  yuqori
            miqdorda  chirindi  to‘plashi  va  nihoyat  rivojlangan  o‘simlik  qoplamining
            mavjudligidir.
                         Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlarning xossalari.

                        Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar bir muncha sernam bo‘lgan
                    yerlarida tarqalgan. Ular asosan tipik jigarrang tuproqdan yuqorida
               tarqalgan.O‘simliklari- daraxtlardan zarang,olma,grek yong‘og‘i va turli o‘t-
                                               o‘simliklaridan iborat.
                     Zomin  tog‘ining  ishqorsizlangan  jigarrang  tuproqlarida  chirindili
            qatlamning qalinligi bilan boshqa tuproqlardan tubdan farq qiladi.
                     Ishqorsizlangan       jigarrang      tog‘     tuproqlarining        profilida      CO2

            karbonatlarning  tuproq chuqurligi bo‘ylab yuvilganligi sababli ular faqat pastki
            qatlamlarda  oz  miqdorda  uchraydi.  Bu  tuproqlarning  morfologik  belgilari
            quyidagilardan  iborat.  Chirindili  qatlami  qalin,  rangi  qo‘ng‘ir,  donador
            kesakchali, strukturali, aniq aks etgan karbonatli qatlam yo‘qligidir.
                   Pastki  qatlamlarda  alohida  karbonatli  ajratmalar  uchraydi.  Asosan,
            karbonatlar 70-80sm chuqurliqdan keyin chiqa boshlaydi.



                                                            73
   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77   78