Page 78 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 78
ikkilamchi loyli minerallarga o‘tishida metomorfik loylanish yuz beradi.
Loylanish bo‘z tuproqlarda bo‘lgani kabi jigarrang karbonatli tuproqlarda ham
elyuvial jarayonning kechishi natijasidir. To‘q kulrang qo‘ng‘ir karbonatli
quruq cho‘l tuproqlari karbonatlardan holi bo‘lmagan va tuproq eritmasi
mustahkam ishqoriy reaksiyaga ega. Bu ko‘rinishni o‘z shakli bo‘yicha
morfologik jihatdan yashirin deb bo‘lmaydi, chunki bo‘z tuproqlardagi kabi
loylanish butun tuproq qatlami bo‘ylab sezilarli ajralgan xolda tarqalgan
bo‘ladi.
L.Tursunov [2000] elyuvial loylanishning bu shaklini «kuchsiz yashirin»
holat deb nomladi. Tog‘ tuproqlarining mexanik tarkibi hosil bo‘lish sharoitiga
qarab, (rel’ef, o‘simliklar dunyosi, iqlim va boshqalar) xilma-xil bo‘ladi. Biroq,
jigarrang tuproqlarning mexanik tarkibini o‘rganib, quyidagi qonuniyatni
ko‘rsatish mumkin, ya’ni mexanik tarkib tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlardan
tipik, ishqorsizlangan jigarrang tuproqlar tomon engillashib boradi. Lekin
soyliklarda, ayniqsa, o‘tloqi, soz va botqoq maydonlarda tuproq mexanik tarkibi
yana og‘irlashadi, ayrim hollarda tog‘li o‘lkalarda ular eng og‘ir tuproqlar
guruhini tashkil qiladi. Jigarrang tuproqlar, ayniqsa tog‘ o‘tloqi soz-botqoq
tuproqlar qoniqarli mikroagregatli bo‘lib, o‘lchami 0,01mm.dan katta. Havo,
suv va issiqlik rejimlari qoniqarli. Jigarrang karbonatli, tipik va ishqorsizlangan
tuproqlar o‘zlarining chimli qatlamlarida 20% dan ortiqroq suvga chidamli
makro (>0,25mm) va mikroagregatlar (<0,25mm) ga ega.Chim osti katlamida,
karbonatli tuproqlarda esa bu ko‘rsatkichlar 30%dan ortadi. Suvga chidamli
mikroagregatlar miqdori, o‘rganilgan tuproqlarda omillar ta’sirida o‘zgarib
turadi.Bularga birinchi navbatda tuproq chirindisi, ikkinchi o‘rinda o‘simlik va
xayvonot dunyosining faoliyati, uchinchidan navbatda karbonatlar miqdori va
nihoyat tuproq tarkibidagi il zarrachalari miqdori kiradi. Il zarrachalari tuproq
strukturasining suvga chidamli agregatlar miqdoriga ta’sirini tog‘-o‘tloqi soz-
botqoq tuproqlar misolida ko‘rish mumkin. Bu tuproqning genetik qatlamlarida
suvga chidamli agregatlar 29-38% atrofida. Eng katta ko‘rsatkich chim osti
qatlamida (15-38sm), il zarrachasi 18% dan yuqori bo‘lgan sharoitga to‘g‘ri
keladi.
Jigarrang ishqorsizlangan tuproqlarda mikroagregatlar miqdori boshqa
o‘rganilgan tuproqlarga nisbatan sezilarli kam, buning asosiy sababi, karbonatli
birikmalarning tuproq profilida juda kamligida. Bunday hol karbonatli
birikmalarning tuproq strukturasini yaxshilashda katta ahamiyatga ega
ekanligini yana bir bor ko‘rsatib beradi. Tuproqlarning strukturali holatini
yanada mukammal baholash uchun Savvinov-Pavlov uslubida
[L.Tursunov,1988] tuproq mikroagregatlarining quruq va ho‘l elash yo‘li bilan
agregatlik holati o‘rganildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tog‘ jigarrang va
tog‘-o‘tloqi soz-botqoq tuproqlar yuqori darajada makrostrukturalaridir. Barcha
tuproqlarda 0,25mm. dan katta makrostruktura uning vazniga nisbatan 80-95%
ni tashkil qiladi. Mazkur strukturada aslida 3-5mm. li agregatlar ustunlik qilib,
78