Page 79 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 79

u  umumiy  strukturali  bo‘lakchalarning  60-80  foizini  tashkil  etadi.  Tuproq
            qoplami  yuzasini  g‘ovak  xolda  katta  nam  sig‘imi  va  suv  o‘tkazuvchanlikda
            saqlashda  bu  agregatlarning  ahamiyati  katta.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  tog‘li

            o‘lkada o‘simlik dunyosi faoliyatini yaxshi saqlashda tuproq strukturasi muhim
            ahamiyatga  ega,  chunki  tog‘  o‘simliklari  tabiiy  namlik  va  ozika  moddalar
            manbai hisoblanadi.
                      V.R.Vilyamsning  [1940]  ta’kidlashicha,  «Tuproqdagi  har  bir  agregat
            unda  mavjud  bo‘lgan  oziq  moddalarning  va  suvning  bekorga  sarflanishining
            oldini oluvchi  zaxirasidir. O‘simlik ehtiyojiga qarab agregat yuzasida mavjud
            bo‘lgan oziqa unsurlarni oladi.

                     Tog‘ jigarrang karbonatli va tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlarning
            quruq  elash  holatidagi  agregatligi  juda  yaxshi  ifodalangan,  ya’ni
            mikroagregatlar (>0,25mm) miqdori 80% dan yuqori, biroq ho‘l elash natijasida
            suvga  chidamliligi  karbonatli  tuproqlarning  yuqori  qatlamlarida  55-60%  ni
            tashkil  qilsa,  ishqorsizlangan  tuproqlarda  esa  40%  dan  oshmaydi.  Pastki

            qatlamlarda  ikkala  tuproqda  ham  suvga  chidamli  makroagregatlar  miqdori
            kamayadi.  Makroagregatlarni  ho‘l  elashda  kamayishi  bilan  bir  vaqtda  suvga
            chidamli mikroagregatlar (>0,25 mm) miqdori ko‘payadi.
                    Tog‘  jigarrang  tipik  va  tog‘-o‘tloqi  soz-botqoq  tuproqlar  agregatlik
            holatining  ho‘l  va  quruq  elash  jarayonida  o‘zgarishi  kuzatiladi.  Ya’ni  ikkala
            tuproqda qam quruq elash vaqtida agregatlik yaxshi ifodalangan bo‘lsa (>0,25
            mm  mikroafegatlar  miqdori  90-95%  dan  ortiq),  ho‘l  elashda  suvga  chidamli
            makroagregatlar  miqdori  kamayib,  mikroagregatlar  ko‘rsatkichi  esa  ortadi.

            Lekin  shuni  ko‘rsatish  joizki,  tog‘-o‘tloqi  soz-botqoq  tuproqlarda  ho‘l  elash
            vaktida  ham  suvga  chidamli  mikroagregatlar  miqdori  yuqori  bo‘lib,  ustki
            qatlamlarda 70-75% atrofida, pastki qatlamlarda esa 40-45% gacha pasayadi.
                      Jigarrang tipik tuproqlarda bu ko‘rsatkichlar ancha past tog‘-o‘tloqi soz-
            botqoq tuproqlarda suvga chidamli makroagregatlarning ko‘pligi, bir tomondan,

            og‘ir  mexanik  tarkib  bo‘lganligi  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  bu
            tuproqlarning yuqori gumusli ekanligidir.  Zomin «Xalq bog‘i» tuproqlarining
            strukturali  holatini  o‘rganib,  tuproq    qoplamining  yaxshi  agregatlik  holati,
            ayniqsa,  suvga  chidamli  makroagregatlarning  mavjudligi  bu  tuproqlarni  suv
            eroziyasidan saqlashga olib keladi. Quruq holdagi yuqori agregatlik esa tuproq
            qoplamini eroziyadan saqlaydi.
                        Tog‘ tuproqlarining umumiy fizik xossalari.              Tog‘ tuproqlari o‘ziga

            xos  umumiy  fizik  xossalariga  ega.  Ular  tuproqlarning  genetik  xususiyatlari
            bilan  bog‘liq  bo‘lib,  asosan  solishtirma  va  hajm  og‘irlik  hamda  g‘ovaklik
            ko‘rsatkichlaridan  iborat.  Tuproqning  solishtirma  og‘irligi  deb,  ma’lum
            hajmdagi  tuproq  qattiq  qismi  og‘irligining  shunday  hajmdagi  suv  og‘irligiga
            bo‘lgan  nisbati  tushuniladi.  Solishtirma  og‘irlik    piknometrlar  yordamida
            aniqlanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi.



                                                            79
   74   75   76   77   78   79   80   81   82   83   84