Page 76 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 76
qatlamlarda oq mog‘or ko‘rinishdagi karbonatli birikmalarning uchrashidan
dalolat beradi.
Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlarning singdirish sig‘imi (100g
tuproq uchun) 25-30mg/ekv ni tashkil qiladi, bu albatta, gumusning miqdori
bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Singdirilgan asoslar ichida kalsiyning ustunligi (65-
75%) qiladi.
Ikkinchi o‘rinda magniy turadi. Umuman, bu tuproqlar juda qoniqarli
kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarga ega. Zomin «Xalq bog‘i» hududida bu
tuproqlarning unumdorligini saqlash katta ahamiyat kasb etadi, chunki bu
tuproqlarda, asosan, archazorlar, yong‘oqzorlar, buta va o‘t-o‘simliklarning
noyob turlari o‘sadi. Ular yuqori va tuban flora hamda fauna manbai
hisoblanadi.
Tog‘ o‘tloqi soz-botqoq tuproqlarning xossalari.
Zomin tog‘i «Xalq bog‘i» da o‘tloqi, o‘tloqi soz-botqoq tuproqlar jigarrang
tuproqlar kabi katta maydonlarni egallamaydi. Zomin «Xalq bog‘i» dagi
Mirzavalang, O‘riklisoy, Kattashir, Qashqasu, Kulsoy Oqtoshsoy kabi katta-
kichik daryo va soylarning birinchi va ikkinchi terrasalarida rel’efi biroz qiyroq
bo‘lgan maydonlarda, hoshiya yoki orolchalar sifatida o‘tloqi allyuvial
tuproqlar tarqalgan. Bu maydonlarning o‘simlik dunyosi o‘ziga xos manzaraga
ega: moxlar,har xil turdagi o‘t-o‘simliklari ba’zan chiroyli manzara beruvchi
yarim butalar va qamishsimon o‘tlar o‘sadi. Bu o‘t o‘simliklar tuproq yuzasida
torfsimon qatlam hosil qiladi. Ular tog‘-o‘tloqi soz-botqoq tuproqlari deb
atalishini biz odatda tog‘li o‘lkada buloq suvlari bilan bog‘laymiz. Chunki, bu
tuproqlar aynan tog‘ etaklarida oqimi unchalik kuchli bo‘lmagan soyliklarda
yuqori karbonatli mergellashgan jinslar ustida gidromorf sharoitda hosil
bo‘ladi.Tog‘-o‘tloqi soz-botqoq tuproqlarning morfologik tavsifi:
72-kesma. Kulsoyning quyi qismida Zomin qo‘riqxonasi markazidan
shimoliy-sharqda 1,5km uzoqlikda joylashgan. Qiyaligi 3-5°, o‘simlik dunyosi
suv o‘tlari va chim hosil qiluvchi o‘tlar yuzasi 100% o‘simliklar bilan
qoplangan, tuprog‘i o‘tloqi soz-botqoq.
0-13sm. Juda kuchli chimlangan, yarim torfsimon, sernam, qoramtir-
qo‘ng‘ir tusli, kesilishi qiyin, yengil qumoq, hayvonot dunyosi faoliyati kam
ifodalangan, ba’zan mayda-chag‘irtoshlar uchraydi. Keyingi qatlamga rangi va
melkozyomning ko‘pligi bilan o‘tadi.
13-39sm. Chim osti, qo‘ng‘ir, ko‘p qora dog‘lar bor, berchlashgan, o‘rta
qumoq, o‘ta namlangan, juda ko‘p yarim chirigan o‘simlik qoldiqlari, ba’zan
tuproqdagi organizmlarning izlari suv bilan to‘lgan va uning chiqindilari bor,
10% li HCL ta’sirida qaynaydi, keyingi qatlamga rangi orqali o‘tadi.
39-61sm. To‘q qo‘ng‘ir, zangori-havorang, qoramtir dog‘lar ko‘p bo‘lgan
gleyli qatlam, og‘ir qumoq, ho‘l, o‘simlik ildizlari ko‘p. Bu qatlamdan olingan
tuproq namunalari quritilib, ularning tahlili to‘ldirildi. Bunda rangi biroz
76