Page 27 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 27
taqir tuproqlar tarqalgan, qumliklar orasidagi tekisliklarda Qizilqum, Ustyurt,
Betnaqdala, Devxona past-tekisliklarida katta maydonlarni egallaydi.
Taqirlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birinchi bo‘lib, 1890yilda
V.A.Obruchev tomonidan berilgan.
Tuzilishi-taqir tuproqlarning yuzasi yorilib-yorilib 2-3 dan 8 sm. gacha
qatqoloq bo‘laklaridan iborat. Qatqoloq bo‘lakchalari zich quruq holda tagidan
qaralsa mayda g‘alviroq teshikli bo‘ladi. Qatqoloq 5-8sm qalinlikda bo‘lib unga
qattiq bo‘lmagan bo‘lakchadagi ya’ni strukturali donalardan tashkil topgan.
Taqir tuproqlar ko‘pincha qatlam bo‘lib har xil tarkibli bo‘ladi. Bularning
mexanik tarkiblari yengil og‘ir bo‘lishligi keltirilgan loyqalarning sifatiga
bog‘liq. Taqirli tuproqlarda sho‘rlanish ko‘pincha sulfat-xloridli bo‘lib faqat
Qarshi cho‘lida A. Rasulov ma’lumoti bo‘yicha xlorid-sulfatli ekanligi
aniqlangan. Singdirish sig‘imining tuproqlarda kam bo‘lishi tuproqda chirindi
miqdorining kam bo‘lishi slyuda va kvarsning ko‘pligiga bog‘liq. Singdirilgan
++
kationlar tarkibi Ca va Mg ++ 70-80% gacha bo‘lishi mumkin. Taqir
tuproqlarning muhiti pH=8,8-9,0, taqir tuproqlarning fizik xossalari - mexanik
tarkibiga bog‘liq, ko‘pincha mexanikasi og’irlashgan bo‘ladi. Taqir
3
3
tuproqlarning hajm og‘irligi 1,4 g/sm dan 1,7 g/sm atrofida. Yuqori qatlam
tuprog‘ining g‘ovakligi 42-46%, pastki qatlamining g‘ovakligi 47-49%. Suvga
chidamli 0,25mm.dan katta bo‘lgan strukturali agregatlar 1-3% atrofida bo‘ladi.
Taqir va taqirli tuproqlar- ularning xossalari og‘ir, tuprog’idagi
chirindi va ozuq moddalarga “kambag’al”, fermentlar faolligi past, turli
darajada sho‘rlangan. Taqirli va taqir tuproqlarning biologik faolligini
oshirishda tuproqqa go‘ng solish kamida 1 gektar yerga 20-30 tonna. Taqirli va
taqir tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, kollektor va zavur
suvlarining oqib ketishini ta’minlash va sho‘rini yuvilish kerak.
4.Qumli-cho‘l tuproqlar O‘rta Osiyoda, O‘zbekistonning Qizilqum,
Qarshi, Mirzacho‘l, Sherobod, Buxoro, Farg‘ona vodiysining Yozyovon
xududidagi qumli cho‘lida tarqalgan bo‘lib, qumli-cho‘l tuproqlarning
MDXdagi umumiy maydoni 64,7mln. gektar, O‘zbekistanda qumli-cho‘l
tuproqlar 1572 ming gektar atrofida.
Qumli-cho‘l tuproqlar tarqalgan xududning iqlimi juda quruq, yog‘inlar
miqdori juda kam o‘rtacha 100 mm atrofida, qumli mayda zarrali tuproqning
namlanishi 40-50sm, harorat o‘ta yuqori, tuproq yuzasi juda qattiq qizib,
kechki paytlari tez soviydi. Bahorda qumning yuzasini efemer va efemeroidlar
qoplab, kun isishi bilan qurib ketadi.
Morfologik tuzilishi «A» qatlami 5-6sm, gumusli qatlamining qalinligi 5-
20sm. dan oshmaydi. «В» qatlami 20-30sm, qizg‘ish tusga ega, ko‘pincha temir
oksidi, karbonatning oq dog‘lari mavjud.
Qumli-cho‘l tuproqlarda mayda qum va yirik chang zarralar ko‘p. Qumli-
cho‘l tuproqlar chorvachilikda foydalaniladi. Qumli-cho‘llardan: Qizilqum va
Yozyovon, Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Sherobod cho‘llarida dehqonchilik
27