Page 22 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 22

Tuproqlarning  organik  moddalari  tarkibida  turli  tuproq  faunasi-
            mikroorganizmlar ishtirok etadi.Tuproqlarning  organik qismida 100% nisbatan
            hisoblanganda:    gumusning  umumiy  miqdori  85%;    floraning  organik

            qoldiqlari  10%;    tuproqdagi  faunaning  miqdori  (mikro,  mezo  va
            makroorganizmlar)   5% ni tahkil etadi.
                   Biotalarning  aralashgan  juda  xilma  xil  turlari  egalagan  juda  katta
                                                                                         2
            hajimdagi  maydonining  yuzasi  tuproq  zarrasi  (yuzlab  metr =1g  tuproqda),
            tuproqning  loy  qismidagi  o‘lchami  (0,1-2mm  1diametrda)  ilda  (2-50mm
            1diametrda)  va  qumda  (0,05-2mm  1diametrda).  Tuproqdagi  ko‘plab  faol
            organizmlar    mingoyoq  va  kanalar,  mesofaunalar,  makrofaunalardan-yomg'ir

            chuvalchanglari,  ko‘p  oyoqlilar,  chumolilar,  termitlar  va  juda  sekin
            harakatlanadigan  organizmlar,  yerda  yashovchi  umurtqali  va  umurtqasiz
            jonzotlar tuproqda yashab, tuproqning yirik kesaklarida mayda g‘ovaklar hosil
            qiladi.  Tuproqdagi  makrofaunalar  tuproq  profilining  atrofidagilarining
            harakatga keltiruvchisi va mayda ko‘zanaklarni hosil qiliadi.

                    Tuproqdagi  organizmlarni-«Ekologik  muhandislar»  deb  ham  ataladi.
            Tuproqqa  tushadigan  o‘simliklarning  dastlabki  singan  va  maydalangan
            qoldiqlarining  atroflarga  sochilib,  tarqalishidan  tuproqda  yashaydigan  turli
            organizmlar organik qoldiqlar bilan  o‘zlashtirib, tuproqda gumus  moddalarini
            hosil  qiladi.  Mayda  va  yirik  xashorotlar  o‘simlik  qoldiqlarini  o‘zlashtirib
            o‘zidan  mayda  go‘ngsimon  moddalar  ajratadi.  Tuproqning  yuza  qismiga
            sochilgan  o‘simlik  qoldiqlari  tuproq  yuzasida  ko‘payib,  tuproqda  murakkab
            oziq  ovqat  tarmoqlari  hosil  bo‘lib,  mikroblar  mayda  bo‘lakchalarni

            to‘qimalarga  ajratib,  chirish  jarayoniga  uchratadi.Tuproqda  oziq-ovqat
            tarmog‘ida  zanjirsimon  holatda  murakkab  chirish  va  buzilish  jarayoni  yuz
            beradi. Bunday munosabatda oziqlanish bir necha trofik darajadagi bakteriyalar
            va  zamburug‘lar,  mikroblarning  brikmasi,  nematodalar  va  mikroorgsnizmlar
            o‘z  navbatida  yirtqich  nematodalar  yoki  kanalarning  yirik  hashoratlarning

            mayda  xashoratlar  bilan  oziqlanishi  ekosistemada  tuproqlariga  ishlov
            berilmaganda  va  o‘rmon  to‘shamalarida  tuproq  yuzasining  o‘simliklarning
            qoldiqlari  bilan  to‘shalganda  zamburug‘larning  ustunligi  tuproq  yuzasida
            ustunlik qilvchi zamburug‘lar orqali yuz beradigan energiya oqimi va organik
            moddalarning to‘plami  hosil bo‘ladi.
                    ZOI  (zones  of  influence-ta’sir  qilish  hududlari)  o‘rganizmlarning  ta’sir
            qilish hududlari.   ZOI «qaynoq nuqtalar yoki uyalari» deb ham ataladi.

                    ZOI  lar  tuproqning  yuqori  A  qatlamidagi  miqdori  10%,    jami
            tuproqdagi umumiy biologik faoliyatning  90% ni tashkil etadi.
                   Tuproqdagi  organizmlarning  bajaradigan  vazifalarining  foydali  tomoni
            olib  qaralsa,  bunga  qarama  qarshi  mezo  va  makrofaunalar  kanalari,  yomg'ir
            chuvalchanglari tuproqdagi inlarni va kovaklarni turli xil gazlar bilan to‘ldirib,
            ko‘zanaklar  hosil  qilib,  tuproqning  ona  jinsigacha  bo‘lgan  oraliqda

            harakatlanadi.  Tuproq organizmlariga bakteriyalar, zamburug'lar, nematodalar,
                                                            22
   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27