Page 18 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 18
Tuproqni madaniylashtirish usullari:
1.Biologik usul
2.Kimyoviy usul
3.Fizikaviy usul
1.Biologik usul -Tuproqda organik moddalar to‘planishi, gumus hosil
bo‘lishi, tuproqda azot to‘planishigi imkon beradigan tadbirlar, beda va
dukkakli ekinlar ekish, go‘ng sepish.
2.Kimyoviy usul - Kimyoviy usulda tuproqlarga mineral o‘g‘itlar kiritib,
ekinlarning oziqlanishi uchun oziqa elementlarining ko‘payishini yaxshilash.
3.Fizikaviy usul -Fizikaviy usulga fizik-mexanik va meliorativ tadbirlar
qo‘llash, yerga ishlov berish va tuproqda uning fizikaviy holatini yaxshi tomon
o‘tkazish.
Koloidlarning hosil bo‘lishi-Tuproq kolloidlarlari asosan ikki yo‘l bilan:
1.Yirik zarralarning tuproqda mexanikaviy va kimyoviy nurab-
parchalanishi;
2.Ionlarning kimyoviy reaksiyalar bilan birikishidan (kondensatsiyasidan)
yuzaga kelishi. Tuproq kolloidlarlarining 2 xil-zol va gil holati.
Tuproqlarning singdirish qobiliyatlari bu - tuproqlarning tarkibidagi turli
qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni o‘zida singdirishi yokiy kolloidlar
yuzasida ularning konsentratsiyasini oshirish xossasiga aytiladi.
1.Tuproqlarning mexanik singdirish qobiliyati- tabiiy holatdagi qor -
yomg‘ir va sug‘orish suvlaridagi turli mayda loyqa zarralarining tuproq
qatlqamlarida to‘liq yokiy qisman ushlanib qolishiga mexanik singdirish
deyiladi.
Tabiiy holatda loyqada ko‘plab toplangan oziqa moddalar tuproq
unumdorligini oshiradi.
2.Tuproqlarning kimyoviy singdirish qobiliyati bu-tuproqlarda yuz
beradigan kimyoviy jarayonlarning natijasi bo‘lib, tuproq eritmasidagi
birikmalarning qiyin eriydigan holda tuproq qatlamlarida ushlanib, shu yerda
cho‘kib, tuproqlarning qatlamlarida mustaxkam bo‘lib, turib qolishi kimyoviy
singdirishdir.
3.Tuproqlarning fizikaviy singdirish qobiliyati bu-tuproqlarning mayda
dispers-kolloid zarrachalari yuzasida turli moddalarning konsentratsiyasining
oshishi olib kelishi tuproqlarning fizikaviy singdirish qobiliyatidir.
4.Tuproqlarning fizik-kimyoviy singdirishida tuproq eritmasidagi turli xil
tuzlar, ishqorlar va kislotalar suvli muxitda kationlarga va anionlarga
parchalanadi. Masalan, NH4 NO3,CaS04 va НСL lar molekulasining
parchalanishidan NH4, Ca, Н kationlari va NО3, S04, Cl anionlari ajraladi va
ular ba’zan manfiy zaryadli bo‘lib, ular bilan tuproq orasidagi o‘zaro ta’siri
natijasida kationlar tuproq kolloidlari yuzasiga singadi. Fizik-kimyoviy
singdirishni o‘rin almashinish adsorbsiyasi deyiladi.
18