Page 13 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 13

ta’sir  etishi  natijasida  o‘zgaradi.  Suyuq  magmalar  soviganida  granit,  diorit,
            sienit  kabilar  to‘la  kristallangan  intruziv  (ichki)  tog‘  jinslari  paydo  bo‘ladi.
            Magmaning yer yuziga suyuq  lava  bo‘lib otilib chiqib, sovishidan effuziv yoki

            otqindi tog‘ jinslari hosil bo‘ladi. Bunga obsidian -vulqon oynasi  va bazalt kabi
            tog‘ jinslari kiradi.
                    Cho‘kindi  jinslar-qor  yomg‘ir  suvlari  va  shamollar  ta’sirida  tog‘
            jinslarining turli xududlarda,  quruqlikda yoki suvli muxitlarda to‘planishidan
            yuzaga kelgan jinslarga cho‘kindi jinslar deyilib, ular: mexanikaviy, kimyoviy
            va organik cho‘kindilarga bo‘linadi.
                     Kimyoviy cho‘kindi jinslarga kontinental iqlimli  zonalarga xos sharoitda,

            turli tarkibli oksid va tuzlarning tuproqda cho‘kib qolishi tufayli hosil bo‘lgan
            jinlardir.  Marganesli  temir oksidlar  kimyoviy cho‘kindi hisoblanadi.Shakli va
            tarkibi o‘zgargan tuproq paydo qiluvchi ona jinslarga gneys, marmar, kvarsit va
            slanes kiradi. Tuproqning 80-99% ini minerallar tashkil etadi.
                  Yer yuzidagi otqindi va o‘zgargan tog‘ jinslari tarkibidagi minerallar uzoq

            davrlar mobaynida turli xil tabiiy jarayonlar ta’sirida o‘zgaradi va parchalanadi.
                  Iqlimning o‘zgarishi natijasida tog‘ jinslari  va minerallarning   sinib,
            bo‘laklarga maydalanib, parchalanishiga nurash jarayoni deyiladi.
                   1-bosqichda-Tog 'jinslarining nurashi (o‘zgarishi) jarayonidan boshlanadi.
            Shamol,  quyosh  va  yog'ingarchilik  yordamida  tog  'tizmalaridagi  toshlar
            dumalab,  sinadi.  O‘z  navbatida,  yorilgan  toshlar  mayda  zarralarga  bo‘linadi.
            Natijada  qum,  loy,  ohaktosh  yuzaga  keladi.  Tuproqlarning  paydo  bo‘lish
            jarayoni va bosqichlari juda sekin kechadi. 100 yilda  0,5 sm dan 2 sm.gacha

            bo‘lgan tuproq qatlamining shakllanishi  mumkin.
                   2-bosqichda-Parchalangan  va  yorilgan  tog‘  jinslariga  shamol    ta’sirida
            uchib kelgan o‘simliklar urug‘i, qoldig‘i va mikroorganizmlar yopishib qoladi.
            Birinchi navbatda lishayniklar  paydo boladi.
                  3-bosqichda-Tuproqdagi  mikroorganizmlar  (lichinkalar,  chuvalchang,

            qurtlar)  va  o‘simlik  qoldiqlari  chirindi  hosil  qiladi.  Qum  va  loy  tuproq  hosil
            qiluvchi  tog‘ jinslar bo‘lib, chirindi (gumus) bilan ular tuproqda  qoladi.
                    Tuproqning hosil bolishi kimyoviy, biokimyoviy va biofizik- jarayondir.
                 A.A.Rode:  Tuproq  qatlamida  moddalar  va  energiyaning  o‘zgarishi,
            harakatlanishi, to‘planishi kabi jarayonlariga-tuproqlarning hosil bo‘lishi  deb,
            uni uchta bosqichga ajratgan.
                        Tuproqlarning hosil bo‘lishi va tuproq profilining shaklanishi.

                   Tog‘ jinslarining turli tabiiy iqlim shart-sharoitlar, jarayonlar va boqichlar
            natijasida o‘zgarishidan tuproq hosil  bo‘lgan.
                  Quruqlikning  okeanlar  bilan  o‘zaro  o‘rin  almashinishlariga  katta
            geologik aylanish deb ataladi.
                   “Tabiatda  moddalarning  aylanishini  kichik  biologik  aylanish
            deyiladi”, bu atamani akademik V.R.Vilyams fanga kiritgan.


                                                            13
   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18