Page 9 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 9
eroziyasiga oid muommalarni o‘rganishda hozirgi kungacha o‘z mohiyatini
yo‘qotmagan.
A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, A.M.Rasulovlar ishlab
chiqqan «O‘zbekiston tuproqlari klassifikatsiyasi va diagnostikasi» nomli asari
bilan qatnashdilar [1974]. 1975 yilda rus tilida «Почвы Узбекистана» nomli
monografiyasi nashr etilgan. Bu yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, ilmiy nazariy-
amaliy ishlar, O‘zbekiston hududida tuproqshunoslik sohasida yirik ilmiy
anjumanlar, konferensiyalar, yig‘inlar, seminarlarning o‘tkazilishi
Respublikamizda o‘ziga xos tuproqshunoslar maktabi yaratilganidan dalolatdir.
O‘zbekistonda tuproqshunoslik maktabining shakllanishida o‘z hissalarini
qo‘shgan tuproqshunos olimlar haqida qisqacha ma’lumotlar keltiramiz
[2;13;14].
M.A.Pankov [1901-1975] tuproqshunos-meliorator olim professor,
Mirzacho‘l tuproqlarining sho‘rlanishi, bu tuproqlarni sho‘rlantirish jarayonlari
to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar olib borgan va 2-tomli monografiya chop etgan
[1962]. Tog‘ tuproqlarida yuz beradigan eroziya jarayonlari ta’sirida
tuproqlarning kimyoviy va fizikaviy xossalarining o‘zgarishini o‘rgangan va
eroziyaga uchragan tuproqlar tasnifini ishlab chiqqan. U «Tuproqshunoslik»
[1963] va «Meliorativ tuproqshunoslik» [1974] darsliklarining muallifidir.
M.Baxodirov [1903-1977] o‘zbek tilida «Tuproqshunoslik» fani uchun
darslikning yaratilishiga salmoqli hissa qo‘shgan. «Tuproqshnoslik» fanidan
texnikumlar uchun o‘zbek tilida darslik, A.Rasulov bilan hammualliflikda oliy
o‘quv yurtlari uchun «Tuproqshnoslik» fanidan darslik chop etilgan.
M.U.Umarovning [1919-1991] ilmiy faoliyati respublikamizda keng
tarqalgan qo‘riq yerlarning va sug‘oriladigan tuproq tiplarining fizik
xossalarini va mexanik tarkibini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ularni
optimallash orqali tuproqlarning unumdorligini oshirishning yo‘llarini ishlab
chiqqan.
I.N.Felitsiantning [1929-1984] Amudaryoning quyi oqimi tuproqlarining
tadrijiy rivojlanishi, allyuvial o‘tloqi tuproqlar agrofizikasi, Buxoro va Navoiy
vohalari tuproqlari to‘g‘risidagi ilmiy ishlari, Mirzacho‘l tuproqlarining
meliorativ holatini aks ettiruvchi ilmiy asarlarini alohida ta’kidlash lozim.
A.M.Rasulov [1929-1984] Tuproqshunoslik fani sohasidagi birinchi
o‘zbek fan doktori, professori A.M.Rasulovning ilmiy faoliyati Markaziy
Farg‘ona va Qarshi cho‘li tuproqlarini batafsil o‘rganishga, shuningdek, O‘rta
Osiyo, Janubiy Qozog‘iston va Ozarbayjon respublikalaridagi paxtachilik
uchun mo‘ljallangan tuproqlarning unumdorligini oshirishga qaratilgan.
Olimning butun ilmiy asarlari tizimida tuproqlarning shakllanishida,
rivojlanishida shu joyning litiologik-geomorfologik tuzilishi muxim amahiyatga
ega ekanligini isbotlab bergan.
V.B.Gussak [1902-1966] sug‘oriladigan tuproqlalarning unumdorligini
saqlash, tuproq donadorligini yaxshilash, eroziyaga qarshi chora-tadbirlar
9