Page 10 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 10
ishlab chiqib, tuproqshunoslik faniga o‘z hissasini qo‘shgan.
X.Abdullaev [1921-1992] respublikamizning cho‘l xududidagi sug‘orilib,
ekinlar ekiladigan tuproqlarning kelib chiqishini va tarqalishi bo‘yicha
izlanishlar olib borgan. Ilmiy faoliyati natijasida darsliklari va o‘quv
qo‘llanmalari nashr qilingan. «O‘zbekiston tuproqlari» [1975] «Biogeoximiya
asoslari va tuproq muxofazasi» (1989), «Sho‘rlangan tuproqlar va ularning
melioratsiyasi» (1989), «Dunyo tuproqlari, ulardan foydalanish va muhofaza
qilish» [1992]. Uning ishtirokida va rahbarligida 100 dan ortiq har-xil
mashtabdagi tuproq xaritalari tuzildi va ishlab chiqarishga tadbiq etilgan.
Y.M. Nosirov [1921-1984] O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqalgan
cho‘l, tog‘ tuproqlarining suv rejimi va agrofizik xossalarini, genezisi har-xil
bo‘lgan to‘rtlamchi davrda paydo bo‘lgan lyoss va lyossimon yotqiziqlarda
shakllangan tuproqlarning fizik ko‘rsatkichlarining o‘ziga xosligini isbotlab
bergan.
O.K.Kamilov [1932-2001] sho‘rlangan tuproqlarning genezisi,
klassifikat-siyasi va sho‘rlangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borib, sho‘rlangan yerlarning mo‘tadil
meliorativ tartiblarining yaxlit bir butun konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
1970-1980 yillari O‘zbekistonda tuproq eroziyasining geografik tarqalish
qonuniyatlarini o‘rganish yangi uslub darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston
tuproqlarini suv va shamol eroziyasiga chalinishi darajalari ko‘rsatilgan
1:3500000 masshtabli tuproq eroziya xaritasi tuzildi. [X.Maxsudov,
S.P.Suchkov, M.I.Kochubey]. Bu xarita 1982 yil O‘zbekiston Atlasining 1-
jildida nashr etildi. GUGK, Moskva-Toshkent-1982y.
Respublikamizda shamol eroziyasi bo‘yicha ham juda katta nazariy va
amaliy ishlar bajarildi. Shamol eroziyasining tarqalish qonuniyatlari, eroziyani
tuproq unumdorligiga, qishloq xo‘jalik ekinlari, asosan g‘o‘za hosildorligiga
ta’siri va unga qarshi kurash borasida katta ko‘lamda ilmiy tadqiqotlar bajarildi.
Bu ishlar natijasida shamol eroziyasining oldini olish, shamol eroziyasiga
uchragan tuproqlarning unumdorliligini oshirish, shamol yo‘nalishi tezligiga
qarab o‘rmon ixota daraxtzorlari barpo qilish va boshqa bir qator agrotexnik
tadbirlar ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga tavsiya qilindi. [K.M.Mirzajonov,
1973,1981, M.B.Xamroev,1993, Sh.Nurmatov, 1993].
O‘zbekistonning tog‘li, tog‘ oldi va cho‘l zonalaridagi tuproqlarning
tarkibi, xossa- xususiyatlarini o‘rganish va unumdorligini oshirish tadbirlarini
amalda joriy qilish borasida anchagina yutuqlarga erishildi. O‘zbekistonda
sug‘oriladigan va lalmikor dehqonchilik rivojlanmoqda, ayniqsa donli ekinlar
ekiladigan maydonlar kengaytirildi. Shular bilan bir qatorda, cho‘l-sahro
xududidagi sur tusli qo‘ng‘ir va qumli-cho‘l tuproqlarda chorva yaylovlarini,
jumladan qorako‘l quylarini boqadigan maydonlarni kengaytirish, ozuqabop
o‘t-o‘simliklarini ekish, yaylovlarning sifatini yaxshilash, tuproqlarda suv
eroziyasi va deflyatsiyaning rivojlanish jarayonlarining oldini olish borasida
10