Page 12 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 12
organik minerallar yoki biolitlar deyiladi. Bios-hayot, litos-tosh degan ma’noni
anglatadi. Anorganik minerallarga grafit (C), galenit (PbS), galit (NaCl),
gematit (Fe2O3) gips (CaSO4*2H2O) kirib, organik mineralllarga qaxrabo
(C40H64O4) kiradi. Litosferaning tarkibida anorganik minerallarning miqdori
organik minerallarga nisbatan ko‘p.Tabiatda kosmogen minerallar( metioritlar)
ham bo‘ladi. Tog‘ jinslari va minerallar tuproq ona jinsining asosiy manbayidir.
Nurash, tog‘ jinslari va minerallarning parchalanishi.
Haroratning o‘zgarishi, suv, havo va turli xil makroorganizmlar va
mikroorganizmlar ta’sirida tog‘ jinslari hamda minerallarning maydalanib,
parchalanishi nurashdir. Litosferadagi ustki qatlamning nurashi doimiy
ravishda davom etadigan jarayon bo‘lib, unga nurash qobig‘i deyiladi.
Tuproqning mexanikaviy guruhlaridan tosh, shag‘al, qum, chang va loyqa
nurash mahsuli hisoblanadi.
Fizikaviy nurash-bu jarayon tabiatning asosan iqlimning ta’sirida tog‘
jinslari va minerallarning kimyoviy yoki mineralogik tarkibi o‘zgarmasdan,
kattaligi va hajm jihatidan mexanikaviy bo‘laklarga bo‘linib, sinib,
parchalanishi va maydalanishi fizikaviy nurashdir. Iqlimning isib-sovishi,
shamollari, qor-yomg‘irlar ta’sirida fizikaviy nurash jarayonini tezlashtiradi.
Fizikaviy nurash natijasida tog‘ jinslarining yuzasida ma’lum qalinlikdagi suv
va havoni o‘tkaza oladigan g‘ovak qatlam-ya’ni ona jins (ruxlyak) vujudga
keladi. Shamol va qor-yomg‘ir suvlari natijasida g‘ovak qatlamdagi ona jinslar
parchalanib,mayda uvalangan keltirmalarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Kimyoviy nurash.Tog‘ jinslari va minerallar atmosferaning qor va
yomg‘ir suvlari, tuproq tarkibidagi turli gazlar ta’sirida (CO2 va O2) o‘zgarishga
uchrab, turli birikmalar va minerallarning hosil bo‘lishiga aytiladi. Kimyoviy
nurash jarayonida minerallar parchalanib, kaolinit, montmorillonit,
gidroslyudalar, gips va boshqa birikmalar ko‘rinishida hosil bo‘ladi.
Biologik nurash. Tog‘ jinslari va minerallarning turli makro, mezo va
mikroorganizmlar hamda turli xil o‘simliklar ta’sirida nurab, parchalanishi
biologik nurashdir.
Tuproq - tog‘ jinslarining nurashidan paydo bo‘lgan.
Tog‘ jinslari. Yerning ustki qattiq qatlamidagi tabiiy minerallar ko‘pincha
alohida uchramaydi, balki bir necha minerallarning birikmasidan tog‘ jinsilari
paydo bo‘ladi. Bitta mineraldan tarkib topgan tog‘ jinsiga monomineralli,bir
necha mineraldan tarkib topgan bo‘lsa polimineral tog‘ jinsi deyiladi.Tog‘
jinslari hosil bo‘lishiga ko‘ra 3 guruhga: magmatik (otqindi), cho‘kindi va
metomorfik (o‘zgargan) tog‘ jinslariga bo‘linadi.
Otqindi tog‘ jinslari - yerning qaridagi yuqori issiqlikda erigan suyuq
magmalarning davrlar o‘tib, qotishi natijasida otqindi tog‘ jinslari paydo
bo‘lgan. Suyuq magmalar yer qarining 40km.dan ortiq va 100 km atrofidagi
chuqurliklarda to‘planib,vaqt o‘tishi bilan o‘tilib chiqadi. Suyuq va qaynoq
magmalar juda yuqori bosim va haroratdauning tarkibidagi turli gazlarning
12