Page 7 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 7

ko‘proq  bo‘lgan  qiyamaliklarda  gektariga  500  tonnagacha  yuviladi.  Tuproq
             bilan  birga  gumusning  yillik  yuvilib  ketishi  gektariga  500-800  kg,  azot
             gektariga  100-120  kg,  fosfor  75-100  kg  va  undan  ko‘proq  miqdorni  tashkil

             etishi  mumkin.  Eroziya  jarayonlari  tuproqdagi  ekosistemalar  biomassasida
             foydalanilgan    quyosh  energiyasi  miqdoriga  ham    ta’sir    o‘tkazadi.  Eroziya
             jarayonlari  natijasida  fitomassada,  gumusda  va  tuproq  tarkibidagi    turli
             organizmlarda  yutilishi  quyosh  energiyasining  30-50%  va  undan  ko‘prog‘i
             yo‘qotiladi,  tuproqlarda  yuz  beradigan  biokimyoviy  tuproq  jarayonlarining
             intensivligi    asosan  quyosh  energiyasining  zaxiralari  va  sochayotgan  nur
             ko‘rinishining o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligini e’tiborga olganda eroziya

             tomonidan ekosistemaga yetkaziladigan zararlarini tasavvur etish mumkin [3].
                   Sug‘orilib,  dehqonchilik  qilinadigan  yerlarda  tuproqning  ikkilamchi
            sho‘rlanishi  va  ba’zi  yerlarda  esa  botqoqlanish  jarayonlari  kuzatilmoqda.
            Sug‘orilib,  ekinlar  ekiladigan  tuproqlarning    yarmiga  yaqini  turli  darajada
            sho‘rlangan. O‘zbekiston da sug‘orilib, dehqonchilik qilinadigan yerlarning 2,0

            mln.  gektari    sho‘rlanishi  bo‘yicha    turlichadir.  Bunga  sabab  tuproq
            xossalarining  va  sizot  suvlarining  mineralashganligini,  chuqurligini  hisobga
            olmasdan  qishloq  xo‘jaligida  foydalanish,  ortiqcha  sug‘orish,  kollektor-
            zovurlarning tozalanmasdan, yomon ishlashi va boshqalar. Yer osti  suvlarining
            ko‘tarilishi  sababli    ba’zi  yerlar  botqoqlanib  ketgan.  Yana  bir  ekologik
            muammo-yerlarning    sahrolanishi  va  qurg‘oqlanishining  kuchayishidir.
            Ma’lumki,  tuproq  tarkibidagi  gumus,  turli  tuproq  tip  va  tipchalarining
            unumdorlik  ko‘rsatkichidir.  Oxirgi  yillarda  tuproqning  holati  degumifikatsiya

            jarayoni  natijasida  gumus  miqdori  paxta  ekiladigan  tuproqlarda  40-50%  ga
            kamaygan, natijada tuproqning biologik faolligi pasayib, fizik xossalari, suv va
            ozuqa  rejimi  yomonlashib  ketgan.  Tuproqning  yana  bir  muammosi
            agroximikatlar bilan ifloslanishi. O‘g‘itlar me’yoridan ziyod tuproqqa kiritilsa,
            agrotexnik  tadbirlar  tizimiga  rioya  qilinmasa,ular  ifloslanib,  tuproqda  ftor,

            radioaktiv elementlar, nitratlar, og‘ir metallar va boshqalar yig‘iladi.
                    Tuproqqa  solinadigan  turli  xil  o‘g‘itlar  tuproqning  o‘ziga  xos  iqlimiga
            ko‘ra  hamda  o‘sha  tuproqqa  ekilgan  ekinlarning  oziqlanish  talabi  va
            muddatlariga,yaniy  agrotexnik  tadbirlar  tizimi  asosida    ekinlarga  beriladigan
            o‘g‘itlar  belgilangan  tartibda  qo‘llanilb  borilsa,o‘g‘itlardan  foydalanish
            samaradorligi ham ortib, tuproqlar o‘g‘itlar bilan agrokimyoviy zararlanmasdi.
                   Keyingi  yillarda  dunyo  miqyosida  pestitsidlardan  foydalanish  ko‘payib

            bormoqda va ular bilan tuproq ifloslanishi uning biologik faolligiga, ekologik
            holatiga va hosil sifatining pasayishiga olib keladi. Og‘ir metallar pestitsidlar,
            fungisidlar,  chiqindi  va  oqova  suvlar  tarkibida  uchraydi.  Insonlar  ta’sirida
            zavod,  fabrika  chiqindilari,  tutunlari,  avtomobil  gazlari,  changlari  va  boshqa
            ko‘pgina turli xil og‘’ir metallar tuproqqa kelib tushadi. Foydali  qazilmalarni
            ochiq qazib olish, tog‘ qidiruv ishlari, neft qazib chiqarish, yo‘l, sanoat va uy-



                                                            7
   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12