Page 6 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 6
qiyaliklarida tarqalgan tuproqlar vertikal qonuniyat bo‘yicha, cho‘l zonasining
tuproqlari tekislik yani gorizontal qonuniyat bo‘yicha tarqalgan.
“O‘zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi” fani
Respublikamizda tarqalgan tuproqlar haqidagi fan bo‘lib, xududimizda
tarqalgan tuproqlarning geografik tarqalishini, genezisini (kelib chiqishini),
tuzilishini, evolyutsiyasini (rivojlanishini), tuproqlarning tip va tipchalarini,
tarkibini, xossalarini, tuproqning unumdorligini saqlash va tiklash, tuproqlarni
muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganish fanning asosiy
maqsadi va vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 68-moddasida tabiiy
obyektlar, jumladan yer, umumxalq boyligi va ular davlat muhofazasida turadi.
O‘zbekiston Respublikamiz istiqlolga erishishi va mustaqil suveren davlat deb
e’lon qilinishi va huquqiy jamiyat qurishi, o‘z hududida yer munosabatlarni
tartibga solishda va rivojlantirishda mustaqillikga erishganligi uning
qonunlarni yangilash va takomillashtirish imkoniga ega bo‘ldi. Mamlakatimiz
agrar sohasida islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida bir qancha
qonunlar, loyihalar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Yer munosabatlarni huquqiy
asosida rivojlantirish va tartibga solish, yerlardan oqilona foydalanish va
muhofaza qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasida 1991 yil
«Tuproqlarni bonitirovka qilish» qonuni, 1998 yil 30-aprelda «Yer
Kodeksi»,1998 yil 28-avgustda «Davlat Yer kadastri»,1998-yil 26-dekabrda
«Yagona yer solig‘i»,1998-2000 yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish,2000
yil 23-dekabrda «Yer monitoringi», 2004 yilda dehqon-shirkat xo‘jaliklarini
tashkil etish, 2007yilda yerlarning meliyorativ holatini yaxshilash, 2009-2010
yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va optimallashtirish to‘g‘risidagi,
2019yilda klasterlash kabi qonunlar va qarorlar qabul qilindi.
Tuproqni eroziyadan va degradatsiyadan saqlash muammosi dunyoning
arid iqlimli mintaqasida joylashgan ko‘pgina mamlakatlar uchun, shu jumladan
O‘zbekiston hududi uchun ham dolzarb muammodir. Respublikamizda
eroziyaga uchragan yerlarning umumiy maydoni 1772,3ming gektarni yoki
haydaladigan yerlarning umumiy maydonining 40% ini tashkil
etadi.Shundan721,9 ming gektar yer irrigatsiya eroziyasiga [X.M.Maxsudov,
1989], salkam 50 ming gektari jarlik eroziyasiga [A.Nigmatov, 1988], 700,4
ming gektari lalmi suv eroziyasiga [X.M.Maxsudov, 1989] va 1841 ming
gektari shamol eroziyasiga uchragan [K.M.Mirzajonov, 1976]. Olimlarning
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan 3
million gektardan ko‘proq lalmi yerlar mavjud, shulardan ta’minlangan va
yarim ta’minlangan lalmi yerlar hissasiga salkam 1million gektari to‘g‘ri
keladi. O‘zbekistonda eroziyaga uchragan tuproqlarning tasnifi ishlab
chiqilgan va eroziya xavf solayotgan yerlarning xaritasi tuzilgan. Irrigatsiya
eroziyasi natijasida tuproqning yuvilishi har yili gektariga 100-150
0
tonnagacha va undan ham oshib ketishi mumkin. Relyefning nishabligi 5 dan
6