Page 16 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 16
Yer yuzidagi mintaqalar yog‘inlar bo‘yicha 6 ta guruhga ajratilgan
bo‘lib, O‘zbekiston qor va yomg‘irlar bilan namlanishi bo‘yicha arid-quruq
zonada joylashgan.
Yog‘nlar bilan namlanish guruhi: Namlanish koeffitsienti
Arid zonada joylashgan (uruq) 0,33-0,12
3.Yer yuzida rel’ef ko‘rinishilari (shakllari) bo‘yicha : makrorel’efga,
mezorel’efga, mikrorel’eflarga ajratiladi.
Makrorel’efli joylarga tog‘li xududlarning o‘rkachli tog‘lari, platolar va
murakkab qumli xududlar kiradi.
Mezorel’efli joylarga past-tekisliklardan iborat bo‘lgan xududlarkiradi.
Mikrorel’efli joylarga tekisliklardan iborat yerlar kiradi.
2.1-rasm. Relyefning shakllari.
4.Flora va fauna tuproq paydo bo‘lishidagi eng qudratli omillardan biridir.
5.Tuproqlarning yoshi, janubiy mintaqa tuproqlari shimoliy mintaqa
tuproqlaridan oldin paydo bo‘lgan. Tuproqshunoslikda tuproqlarning yer yuzida
paydo bo‘lishi bo‘yicha absolyut yoshga va nisbiy yoshga ajratilgan.
6.Tuproq paydo bo‘lishda insonlarning ta’siri.
O‘zbekiston tuproqlari 22 tip va 59 tipchalarga ajratilgan. (MDH
tuproqlari 8 ta ekologik-genetik va 4ta genetik qatorga ajratilgan. Hozirgi
davrda MDHda 100 ga yaqin tuproq tiplari mavjud). O‘zbekiston xududi
subtropik mintaqada joylashgan bo‘lib, ikkita tuproq-bioiqlim mintaqaga
ajratilgan: mo‘tadil va iliq subtropik. Tuproq geografik rayonlashtirishning
umumiy sxemasiga ko‘ra O‘zbekiston xududida o‘ziga xos 6 ta provinsiya, 27
ta okrug va 83 ta tuproq rayonlariga ajratilgan. MDH territoriyasida 1) sovuq,
(qutbiy), 2) mo‘tadil sovuq (boreal), 3) mo‘tadil (subboreal), 4) mo‘tadil iliq
(subtropik) kabi bioiqlim mintaqalari ajratiladi.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1.Tuproqning genezisi nima?
2.Tuproq paydo qiluvch omillarning ahamiyati?
3.Tuproq tipi va tipchalari,tuproq zonasi va zonachasi nima?
4.Tuproqlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlari
5. O‘zbekiston xududi nechta tuproq-bioiqlim mintaqaga ajratilgan?
6.Cho‘l zonasi tuproqlari qaysi qonuniyat bo‘yicha tarqalgan?
16