Page 19 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 19
5.Tuproqlarning biologik singdirish qobiliyati bu-o‘simliklarning va
tuproqdagi mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan singdirishdir.
O‘simliklarning organik qoldiqlarining va tuproqdagi organizmlarning
qoldiqlarining tuproqda mustahkam ushlanib qolishiga aytiladi. Biologik
singdirish natijasida tuproqda o‘simliklar o‘sib-rivojlanishi uchun zarur oziqa
moddalar va azot to‘planib,tuproq unumdorligini yaxshilab boradi.
Tuproqning singdirish qobiliyati
1.Mexanik
singdirish
2.Kimyoviy
singdirish
3.Fizikavi
y
singdirish
4.Fizik-
kimyoviy
singdirish
5.Biologik
singdirish
Tuproq muxiti eritmadagi vodorod-H va gidroksil guruh-OH ionlariga,
ularning konsentratsiyasining nisbatiga bog‘liq bo‘lib pH bilan ifodalanadi.
Tuproq eritmasida erigan moddalar bilan tuproqning qattiq qismi orasida
yuz beradigan kimyoviy jarayonlarning bo‘rishida H va OH ionlari
+
-
konsentratsiyasining nisbatiga ko‘ra tuproqlarning muxiti 3 xil bo‘ladi.
Tuproqlar neytral - pH=7, kislotali-рН<7 va ishqoriy рН>7 reaksiyasiga ega
bo‘ladi.
Tuproqlarning tashqi muxit ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatiga buferlik
deyiladi.
Tuproqlarning buferligini oshirish juda muhimdir. Tuproqqa organik
o‘g‘itlar solish, engil qumoq tuproqlarga loyqa yotqizish tuproqning buferligini
oshirish-agronomik tadbirlardan biridir.
O‘simliklar va xlorofillsiz quyi organizmlar (mikroorganizmlar va
lishayniklar) va tuproqdagi son-sanoqsiz jonzotlarning axamiyati beqiyosdir.
Tuproqda uchraydigan turli guruh jonzotlarning soni, sifati, xillari ham
2
turlichadir. Masalan, 1m tuproq qatlamida 100 mlrd.dan ortiq mikroskopik
tirik organizmlarning Xujayralari uchraydi. 1 g tuproqda yuz millionlab
bakteriya, bir necha ming sodda xayvonlar bo‘ladi. Bir gektar nina bargli
o‘rmonlarda 200 kg, bargli o‘rmonlarda 1000 kg, cho‘l tuproqlarida 10 kg
atrofida zoomassa to‘planadi. M.S.Gilyarovning bergan ma’lumotiga
qaraganda, tuproqdagi jonzotlar o‘rmonlarda to‘plangan barg va shoxlarning
2
25% ini qayta ishlaydi. Bog‘larning 1m maydonida 400 dan ortiq yomg‘ir
19