Page 20 - Raimbayeva G., Mirhayarova G. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi. elektron darslik
P. 20
2
chuvalchanglari bo‘ladi. Ular 1m da 80 g massa xosil qiladi. Tuproqning
organik qoldiqlarini parchalashda umurtqasiz xayvonlar bilan turli
mikroorganizmlar (bakteriyalar, suv o‘tlar, zamburug‘lar) qatnashadi. Ular soni
2
1 sm tuproqda 100 tadan 100 mln.dan xam ortiq bo‘ladi. Tuproqdagi jonzotlar
muxitning edafik omillariga bog‘liq bo‘lib, quyidagi 3 ta ekologik guruhga
bo‘linadi:
1). Geobiontlar-tuproqda doimiy yashovchi sodda amyobalar, xivchinlilar,
infuzoriyalar va yomg‘ir chuvalchanglari (Lymbricidae) va qanotsiz xasharotlar
(Apterygota) vakillaridan iborat;
2). Geofillar rivojlanishning bir sikli yoki fazasi tuproqda o‘tadigan xayvonlar
bo‘lib, bularga xasharotlardan chigirtkalar (Acriadoidea), qator qo‘ng‘izlar
(Carabidae, Elateridae),pashshalar (Tipulidae) kiradi, ulalalarning qurtlari
tuproqda rivojlanib, balog‘atga etgan davri yer usti muxitida o‘tadi;
3). Geoksenlar guruhiga kiruvchi xayvonlar vaqtincha tuproq ichida, yer ostida
yashaydi. Bularga tarakanlar (Blattedea), yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera),
qo‘ng‘izlar (Caratidae), sugirlar, kemiruvchilar va boshqa so‘temizuvchilar
kiradi. Tuproqda uchraydigan jonzotlar o‘zlarining katta-kichikligiga qarab ham
quyidagi ekologik guruhlarga bo‘lingan.(Fenton, 1947; Odum, 1975):
1). Mikrobiont guruh tuproq organizmlariga asosan ko‘pchilik yashil,
ko‘k-yashil suv o‘tlar, bakteriyalar,zamburug‘lar va sodda jonzotlar kiradi.
Geterotrof mikrobiotalar detrit ozuqa xaltasining asosini tashkil qiladi. Ular
tuproqdagi o‘simliklar va tuproq jonzotlari qoldiqlari orasida tarqalgan
Chlorophyta, Cyanophyta, Bacterophyta, Mycota, Protozoa kabilarning
vakillaridir;
2). Mezobiont guruhiga mayda jonzotlar guruhi kiradi. Ularga
nematodalar, enxitreidlar, xasharotlar, qurtlari va mikroartropodlar (kanalar,
yangi dumlilar) vakillari kiradi. Ular ichida nematodalar tuproqda juda ko‘p
2
tarqalgan. Masalan, Daniyaning 1 m tuprogida mikroartropodlar va enxitreidlar
minglab bo‘lsa, nematodalar millionlab uchraydi [Overgaard-
2
Nielsen,1955].Tuproqdagi nematodalar soni 1 m yerda 1 mln.dan 20 mln.ga
etadi. Ular tuproqdagi bakteriyalar (40%), o‘simlik ildizlari, tuproq suvo‘tlari
(2%), jonzotlar bilan oziqlanadi. Nematodalar neorganik tuproqlarda kup
uchraydi. Ayrim qishloq xo‘jalik yerlarida nematodalar o‘simliklar ildizlarining
parazitlari xisoblanib, ular bilan zararlangan tuproqni tozalash juda og‘ir, faqat
almashtirib ekish yo‘li bilangina ularni tuproqda kamaytirish mumkin. O‘rmon
va organik moddalar ko‘p tuproqlarda organizm qoldiqlari biomassasi
2
nematodalarnikiga qaraganda maksimal (4-7g/m ) darajada bo‘ladi. Daniyaning
turli tuproqlarida mezobiotlar biomassasi 1-1,35 g/m atrofida. AQSHning
2
2
Michigan shtatining tuproqlarining 1 m tuprog‘ida mikroartropodlar soni
2
150000, biomassasi 1 g/m ni tashkil qilgan [Odum, 1975].
3). Makrobiont guruhiga tuproq qatlamlaridagi o‘simlik ildizlaridan tashqari
katta xasharotlar, yomg‘ir chuvalchanglari (Lumbricidae), yer kavlovchi
20