Page 4 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 4
1 - M A V Z U
TUPROQNING SUVLI SO‘RIM NATIJALARI ASOSIDA IONLARNI
+
MG.EKV HISOBIGA O‘TKAZISH VA Na IONINI ANIQLASH,
TUPROQNI SHOʻRLANISH DARAJASINI VA SHOʻRLANISH TIPINI
ANIQLASH
Ishdan maqsad - talabalarni tuproqning suvli so‘rim natijalari asosida
+
ionlarni mg.ekv hisobiga o‘tkazish, Na ionini aniqlash, tuproqni shoʻrlanish
darajasi va shoʻrlanish tipini aniqlash usullari bilan kengroq tanishtirishdan iborat.
Metodik ko‘rsatmalar
Umumiy tushuncha. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan
yyerlar 26232,3 ming gektarni yoki umumiy maydonning 58,44 % ini, shundan
4220,0 ming ga yoki umumiy maydonning 9,4 % ini sug‘oriladigan yyerlar tashkil
etadi. Ushbu sug‘oriladigan yerlar respublikamiz «oltin fondi» hisoblanib, qishloq
xo‘jaligida olinadigan mahsuslotlarning qariyb 90 foizini yetkazib beradi. Bu
yerlar asosan tekislik mintaqalarida, tabiiy oqimga ega bo‘lmagan, sizot suvlari
chiqib ketishi cheklangan hududlarda tarqalgan. Quruq issiq iqlim, kam
yog‘ingarchilik va juda yuqori parlanish bu yerda sizot suvlaridagi yengil eruvchan
tuzlarning tuproq qatlamlarida yig‘ilishiga, tuproq Shoʻrlanishiga sabab bo‘ladi.
Respublikamizda keyingi o‘n yil ichida har xil darajada sho‘rlangan tuproqlar
maydonining kengayib borishi kuzatilmoqda. Hozirda sho‘rlangan tuproqlar
maydoni Toshkent, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo,
Navoiy, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va
Qoraqalpog‘iston respublikasida sho‘rlangan tuproqlar maydoni jami
sug‘oriladigan maydonlarning 54 foizini tashkil etadi.
Sug‘oriladigan yerlarning aksariyat ko‘pchilik qismida vaziyat hamon
qoniqarsizligicha qolmoqda, tuproqda tuz to‘planish va ikkilamchi shoʻrlanish
jarayonlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda, tuproq unumdorligi pasayib,
hosildorlik kamayib bormoqda.
Turli ilmiy-tekshirish instituti olimlarining ma’lumotlariga qaraganda kuchsiz
sho‘rlangan yerlarda sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan g‘o‘za hosili 15-20, o‘rtacha
sho‘rlangan yerlarda 30-35, kuchli sho‘rlangan yerlarda esa 70-80 foiz g‘o‘za
hosili yo‘qotilar ekan. Shuning uchun Shoʻrlanishga sabab bo‘luvchi suvda
eriydigan tuzlarning miqdori, shoʻrlanish darajasi, ximizmini aniqlash
dehqonchilikda katta amaliy ahamiyatga ega. Buni aniqlashda daladan olib
kelingan tuproq namunasidan laboratoriya sharoitida suvli so‘rim analizi bajariladi.
Suvli so‘rim analizi- sho‘rlangan tuproqlarni laboratoriya sharoitida
tekshirishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Suvli so‘rimga doir
ma’lumotlardan odatda turli tuproqlardagi suvda eriydigan moddalar miqdori va