Page 7 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 7
Ko‘rib turganimizdek, hisoblashning har ikkala holati ham to‘g‘ri bo‘lib,
bunda hisoblashning birinchi holatini maqsadga muvofiq deb bilamiz.
+
+
Suvli so‘rimda Na va K ionlarini aniqlashning kimyoviy usullari juda
murakkab hisoblanadi. Shuning uchun, uni hisoblashning oddiy usuli, ya’ni
--
-
-
hisoblab topilgan anionlar (HCO 3 , Cl , SO 4 ) umumiy milliekvivalent miqdoridan
++
++
jami kationlar milliekvivalent miqdori (Ca , Mg )ni ayrib tashlash orqali topiladi.
Suvli so‘rimda natriy miqdori odatda kaliy miqdoridan ancha ko‘p bo‘ladi, shu
sababli hisoblashda olingan jami miqdor shartli ravishda faqat natriy uchun deb
qabul qilinadi. Bunda anionlar milliekvivalent miqdori kationlar milliekvivalent
miqdoridan ortiq bo‘lishi kerak:
(0,34+4,43+2,60)–(4,99+1,97)= 0,41 (Na mg-ekv miqdori)
HCO 3 Cl SO 4 Ca Mg
Ushbu formuladan chiqqan Na mg-ekv miqdorini foizga aylantirishda uni
ekvivalent og‘iriligi 23 ga ko‘paytirilib 1000 ga bo‘linadi.
0,41 (Na mg-ekv) · 23 (Na ekv.og‘ir.) : 1000 = 0,009 (Na foiz miqdori)
Shu tarzda hisoblab olingan anion va kationlarning foiz yig‘indisi
(komponentlar yig‘indisi) quruq qoldiqdan katta bo‘lmasligi kerak, ya’ni bunda:
0,021+0,157+0,125+0,100+0,024+0,009=0,436 (umumiy yig‘indi)
HCO 3 Cl SO 4 Ca Mg Na
Demak quruq qoldiq (0,510) - kation va anionlar umumiy foiz yig‘indisi
(0,436) dan katta ekan.
hisoblab chiqilgan suvli so‘rim analizi ma’lumotlari yordamida tuproq
Shoʻrlanish darajasi aniqlanadi. Ushbu suvli so‘rim analizi tarkibidagi quruq
qoldiqning miqdori 0,3% dan oshsa sho‘rlangan tuproqlar qatoriga kiritiladi. Quruq
qoldiqning oshib borishi tuproq shoʻrlanish darajasining ortib borishini ko‘rsatib,
bu shoʻrlanish meliorativ tuproqshunoslikda odatda 5 ta darajaga farqlanadi (3-
jadval).
Ekinlarni normal o‘sishi va rivojlanishi uchun nafaqat tuproqdagi tuzlarning
umumiy miqdori (quruq qoldiq), balki tuzlarning kimyoviy tarkibi ham muhim rol
o‘ynaydi. SHu bois tuproq sho‘rlanganlik darajalarini tuzlarning kimyoviy
tarkibiga qarab aniqlash juda muhim bo‘lib, bu tuproq sho‘rlanganlik darajasiga
haqqoniy baho berishda asos bo‘ladi.
Bunda, tuproqlarni shoʻrlanish darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratishni
shoʻrlanish tipini hisobga olgan holda 3-jadvalda keltirilgan mukammallashtirilgan
shkala asosida olib boriladi.