Page 11 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 11
6 - j a d v a l
Tuproqning genetik va turli qatlamlaridagi tuzlarning umumiy zahirasi
(t/ga) va miqdorlari (%)
Kesma Chuqurlik, Quruq - - -- ++ ++ +
№ sm qoldiq HCO 3 Cl SO 4 Ca Mg Na
0-28 115,17* 0,67 38,29 35,48 7,95 3,88 25,61
3,116 ** 0,018 1,036 0,960 0,215 0,105 0,693
28-54 90,79 0,56 32,39 25,27 7,90 3,74 17,18
2,425 0,015 0,865 0,675 0,211 0,100 0,459
54-87 37,87 0,76 7,93 14,64 3,28 0,76 7,22
0,750 0,015 0,157 0,290 0,065 0,015 0,143
87-130 12,55 1,61 4,18 2,09 0,90 0,18 2,93
6 0,210 0,027 0,070 0,035 0,015 0,003 0,049
0-30 122,15 0,71 40,78 37,43 8,55 4,17 26,94
3,066 0,018 1,024 0,939 0,215 0,105 0,676
0-50 191,99 1,14 65,69 56,87 14,63 7,05 40,15
2,797 0,029 1,649 1,427 0,367 0,177 1,008
0-100 247,62 2,47 79,87 76,03 19,40 8,44 50,90
1,732 0,017 0,559 0,532 0,136 0,059 0,356
*) t/ga hisobida; **) foiz hisobida
Bunda, genetik qatlamlardan tashqari 0-30, 0-50, 0-100, sm qatlamdagi
umumiy tuzlar zahiralari (t/ga) va miqdorlari (%) quyidagicha hisoblanadi:
1. 0-30 sm qatlam uchun umumiy tuz zahiralarini hisoblashda dastlab 28-30
sm qatlamdagi umumiy tuz zahirasi alohida hisoblanadi, ya’ni 2 · 1,44 · 2,425 =
6,98 t/ga. Keyin esa, ushbu 2 sm qatlam uchun hisoblab chiqilgan tuz zahirasi 6,98
ni 0-28 sm qatlamdagi umumiy tuz zahirasiga qo‘shiladi. Demak, 0-30 sm
qatlamdagi umumiy tuz zahirasi 6,98 + 115,17 = 122,15 t/ga ni tashkil qiladi.
Shuningdek, o‘sha qatlamdagi umumiy tuz zahirasi (122,15 t/ga)ning foiz
miqdorini hisoblash uchun avvalambor 28-30 sm qatlam qalinligi o‘sha qatlamning
hajm og‘irligiga ko‘paytiriladi, ya’ni 2 · 1,44 = 2,88, bunda 0-28 sm qatlam uchun
esa 28 · 1,32 = 36,96 ni tashkil etadi. Keyin, ushbu 2 sm qatlam uchun hisoblangan
sonni 0-28 sm qatlam uchun hisoblangan songa qo‘shiladi, ya’ni bu 2,88 + 36,96 =
39,84 ni tashkil qiladi. 0-30 sm qatlam uchun hisoblangan umumiy tuz zahirasi
(122,15 t/ga) ni ushbu chiqqan 39,84 soniga bo‘lsak o‘sha qatlamdagi tuzlarning
foiz miqdori kelib chiqadi, ya’ni 122,15 : 39,84 = 3,066. Ushbu hisoblab chiqilgan
foiz miqdorni to‘g‘riligini tekshirish uchun qatlam qalinligi (30sm)ni hajm
og‘irlikka va quruq qoldiqning foiz miqdori 3,066 ga ko‘paytiriladi. Bunda 0-30
sm qatlamning hajm og‘irligini aniqlash uchun yuqorida hisoblab chiqilgan 39,84