Page 16 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 16
мг экв Na мг экв Mg
% зах .туз .
15
2. Zaharli tuzlar yig‘indisi suvli so‘rimdagi sulfat ionining zaharli miqdorini
natriy, magniy, xlor ionlarining foiz miqdorlariga qo‘shish yo‘li bilan hisoblab
chiqiladi, ya’ni suvli so‘rim asosida ionlarni gipotetik tuzlarga bog‘lash yo‘li bilan,
umumiy tuzlar yig‘indisidan gidrokorbonat va sulfat kalsiy tuzlarini (Ca(HCO 3) 2,
CaSO 4) chiqarib tashlash orqali aniqlanadi.
∑ zah. tuz. % = SO 4 (%) + Na (%) + Mg (%) + Cl (%)
--
Bunda, sulfat (SO 4)ning zaharli ionini hisoblash uchun suvli so‘rimdagi Ca ++
-- --
ning mg.ekv miqdoridan HCO 3 ning mg.ekv miqdorini keyin esa, undan SO 4
ning mg.ekv miqdori ayirib tashlanadi, ya’ni:
SO 4 zah.ion. mg.ekv = SO 4 mg.ekv - (Ca mg.ekv - HCO 3 mg.ekv)
Masalan 7-jadval 138-190 sm qatlamdagi suvli so‘rim ma’lumotidan
foydalanadigan bo‘lsak, bu quyidagicha bo‘ladi:
SO 4 zah.ion. mg.ekv = 16,44 - (8,98 – 0,34) = 7,8 mg.ekv
Ushbu hisoblashdan chiqqan 7,8 soni SO 4 ionining zaharli mg.ekv miqdori
bo‘lib, uning mg.ekv miqdorini ekvivalent og‘irligi (48)ga ko‘paytirib 1000 ga
bo‘lish orqali uning foiz miqdori aniqlanadi, ya’ni:
7,8 · 48 : 1000 = 0,374 (SO 4 zah.ion.foiz miqdori)
Demak, zaharli tuzlarning umumiy miqdori 0,374 (SO 4) + 0,178 (Na) + 0,027
(Mg) + 0,077 (Cl) = 0,656 (∑ zah. tuz. %) ni tashkil qilar ekan.
3. N.G. Minashinaning suvli so‘rim bo‘yicha zaharli tuzlar yig‘indisini
hisoblash nomogrammasi bo‘lib, bunda suvli so‘rimdagi umumiy tuzlar yig‘indisi
++
quruq qoldiq (%)ni undagi Ca ionining milliekvivlent miqdorini ushbu
nomogrammada keltirilgan chizmaga asosan chiziqlarning kesishuvi orqali
aniqlanadi.
++
Masalan, quruq qoldiq 0,750 % ni, Ca esa 3,24 mg.ekv deb hisoblasak, unda
zaharli tuzlar yig‘indisi 0,500 (%) tashkil qiladi.
Ushbu keltirilgan zaharli tuzlar yig‘indisini hisoblash usullaridan keng
foydalaniladigani N.I.Bazilevich va E.I.Pankovalarning empirik formulasi
hisoblanadi.
Biroq, hisoblashning eng to‘g‘ri va hatosiz usuli bu suvli so‘rimdagi
ionlarni gipotetik tuzlarga bog‘lash usuli hisoblanadi. Bunda tuzlarning sifat