Page 21 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 21
yordamida, ya’ni umumiy tuzlar yig‘indisidan hisoblab chiqilgan zaharli tuzlarning
(%) miqdori, hajm og‘irlik va o‘sha qatlam qalinligiga ko‘paytirish orqali hisoblab
chiqiladi.
Ushbu hisoblashda tuproqning genetik qatlamlaridan tashqari uning 0-1m
yoki sizot suvigacha bo‘lgan chuqurlikdagi zaharli tuzlarning zahiralarini aniqlash
avvalambor tuproqning zaharli tuz zahiralari bo‘yicha ularning sho‘rlanganlik
darajasini aniqlashda va qolaversa zaharli tuz zahiralarining xaritalarini tuzishda
foydalaniladi.
Tuproqning zaharli tuz zahiralari bo‘yicha sho‘rlanganlik darajasini aniqlash
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat instituti tomonidan
(A.U.Axmedov, M.I.Ro‘zmetov) ishlab chiqilgan shkala yordamida aniqlanadi
(jadval 9).
Bunda, zaharli tuz zahiralari tebranish oralig‘ining t/ga hisobidagi keltirilgan
ko‘rsatkichlari tuproqning faqat 0-1 m qatlami uchun bo‘lib, bu asosan tuproqni
o‘sha 0-1 m qatlamdagi zaharli tuz zahiralari xaritalarini tuzishda va ularga
meliorativ nuqtai nazardan baho berishda qulaylik yaratish maqsadida
foydalaniladi. Quruq qoldiq bo‘yicha zaharli tuzlarning foiz hisobidagi keltirilgan
ko‘rsatkichlari tuproqning genetik va turli qatlamlarini zaharli tuzlar bo‘yicha
sho‘rlanganlik darajalarini aniqlashda foydalaniladi.
9 - j a d v a l
Tuproq shoʻrlanishini zaharli tuz zahiralari bo‘yicha baholash shkalasi
Tuz zahirasi-ning Quruq qoldiq
Shoʻrlanish darajasi tebranish oralig‘i, bo‘yicha tuzlar Miqdoriy
bahosi
t/ga miqdori, %
sho‘rlanmagan
<18 <0,13 juda past
kuchsiz sho‘rlangan 18-42 0,13-0,31 past
o‘rtacha
sho‘rlangan 42-90 0,31-0,66 o‘rtacha
kuchli sho‘rlangan 90-150 0,66-1,11 yuqori
juda kuchli sho‘rlangan >150 >1,11 juda yuqori
Ushbu shkalaga asosan zaharli tuz zahiralari 0-18 tonna oralig‘ida bo‘lgan
miqdorlar (0,0-0,13%)- sho‘rlanmagan, 18-42 t (0,13-0,31%)- kuchsiz sho‘rlangan,
42-90 t (0,31-0,66%)- o‘rtacha sho‘rlangan, 90-150 t (0,66-1,11%)- kuchli
sho‘rlangan 150 tonnadan yuqori tuz zahiralari (>1,11%)- juda kuchli sho‘rlangan
tuproqlar deb qabul qilingan.
Demak, ushbu shkaladan foydalangan holda 8-jadvaldagi zaharli tuz
zahiralari ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, 0-32 sm qatlam- 1,153 juda
kuchli sho‘rlangan; 32-57 sm qatlam- 0,686 kuchli sho‘rlangan; 57-94 -1,458 juda
kuchli sho‘rlangan; 94-138- 1,043 kuchli sho‘rlangan; 138-190 -0,657 o‘rtacha
sho‘rlangan guruhlarga kiradi.