Page 20 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 20
Endi yuqorida hisoblangan tuzlarning foiz yig‘indisi hisoblab chiqiladi:
1) Ca(HCO 3) 2 0,024
2) CaSO 4 0,439
3) MgSO 4 0,243
4) Na 2SO 4 0,594
5) NaCl 0,317
------------------------------------------
1,617
Demak, tuzlarning umumiy yig‘indisi 1,617 foizni tashkil qilib, quruq
qoldiqdan kichik miqdorni tashkil qiladi. Bunda ba’zan tuzlar yig‘indisining quruq
qoldiqdan yuqori yoki judayam kichik bo‘lgan miqdorlari farqlanib, bu tekshirish
va qayti ishlashni talab etadi. Chunki tuzlar yig‘indisi quruq qoldiqdan kichik
bo‘lishi va ko‘pi bilan 10 % ga farqlanishi mumkin.
Endi, suvli so‘rim ma’lumotlari asosisda aniqlangan tuzlar birikmalari
umumiy jadavalga tushiriladi.
8 - j a d v a l
Tuzlarining sifat tarkibi
Tuzlar yig‘indisi
Kesma № Chuqurlik, sm Sa(NSO3)2 SaSO4 CaCl2 MgSO4 MgCl2 Na2SO4 NaCl umumiy zaharli zaharsiz nisbatan
Umu-
miyga
zaharli
tuzlar%
0-32 0,024 0,439 0,243 0,594 0,317 1,617 1,153 0,463 71,36
32-57 0,032 0,330 0,198 0,257 0,231 1,048 0,686 0,362 65,47
31 57-94 0,028 0,582 0,282 0,339 0,837 2,067 1,458 0,609 70,53
94-138 0,040 0,646 0,287 0,576 0,180 1,729 1,043 0,686 60,34
138-190 0,028 0,588 0,134 0,396 0,127 1,273 0,657 0,616 51,61
Ushbu jadvalda tuzlar birikmalaridan tashqari zaharsiz va zaharli tuzlar,
uning foiz miqdorlari ham keltirilgan.
Bunda, zaharli tuzlar miqdori umumiy tuzlar yig‘indisidan Ca(NSO 3) 2,
CaSO 4 tuzlarini ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Zaharli tuzlarning umumiy
yig‘indiga nisbatan foiz miqdorlari esa oddiy matematik praporsiya orqali hisoblab
chiqiladi. Demak, yuqorida hisoblangan 0-32 sm qatlamdagi zaharli tuzlarning
umumiy yig‘indisi 1,153% ni yoki umumiy tuzlar (1,617)ga nisbatan 71,36 foizni
tashkil qilar ekan.
Tuproqdagi zaharli tuzlarning zahiralarini aniqlash uchun bundan oldingi
mavzularda keltirilgan umumiy tuzlarning zahiralarini hisoblashdagi formula