Page 24 - Saidova M. Diana Janibek qizi. Tuproq melioratsiyasi...elektron qo‘llanma 2024 (2)
P. 24
Sug‘oriladigan maydonlarda yerlarning botqoqlanish va shoʻrlanishining
oldini olish va unga qarshi kurashishda erni tekislash (planirovkalash), daraxt
o‘tkazish, o‘t-dala almashlab ekish, sho‘r yuvish, agrotexnika tizimlaridan to‘g‘ri
foydalanish kabi ishlar asosiy agromeliorativ tadbirlardan hisoblanadi.
Xaritogramma asosida sho‘rlangan yer maydonining nisbati paletka yoki har
xil darajada sho‘rlangan yerlar maydoni planimetrlar yordamida hisoblab chiqiladi.
Bilimingizni sinab ko‘ring
1. Xaritogramma deganda nimani tushunasiz?
2. Xaritogrammalar necha xilga bo‘linadi ?
3. Umumiy xaritogrammalarga ta’rif bering, ularga nimalar kiradi?
4. Regional xaritogrammalarga ta’rif bering, ularga nimalar kiradi?
5. Xaritogrammalar bilan birga unga tegishli qaysi ma’lumotlar ilova
qilinishi kerak?
6. Tuproq shoʻrlanishi bo‘yicha xaritogrammasini tuzishda bajariladigan
ishlar jarayonini tushuntirib bering?
7. Agromeliorativ guruhlarga ajratish deganda nimani tushunasiz va
agromeliorativ chora-tadbirlarga nimalar kiradi?
5 - M A V Z U
TUPROQDAGI SINGDIRILGAN IONLARNI BERILGAN NAMUNALAR
MISOLIDA TAHLIL QILIB, UNING SHO‘RTOBLANISH DARAJASINI
+
(SINGDIRILGAN Na yoki Mg BO‘YICHA) ANIQLASH.
++
+
SINGDIRILGAN Na IONI VA SINGDIRISH SIGʻIMI ASOSIDA
SHO‘RTOBLANGAN TUPROQLAR UCHUN GIPSLASH ME’ORINI
ANIQLASH
Ishdan maqsad- talabalarni tuproq singdirish sig‘imi, undagi singdirilgan
Na va Mg bo‘yicha sho‘rtoblanish darajasini aniqlash usullari bilan tanishtirib,
ularni gipslash me’yorini aniqlashdan iborat.
Metodik ko‘rsatmalar
Umumiy tushuncha. Tuproqning singdirish xususiyati- tuproq
unumdorligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Tuproq
qatlamidan o‘tayotgan qattiq (qumlar, loyqalar), suyuq (suvda erigan moddalar) va
gaz moddalar (O, CO 2, H 2S va hokazo) hamda mikroorganizmlarni tuproq o‘z
zarralari yordamida ushlab qolishi tuproqning singdirish xususiyati deyiladi.
Tuproqning singdirish xususiyati juda murakkab hodisa hisoblanadi. Bunda
mexanik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar sodir bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga beriladigan mineral va organik o‘g‘itlarning tuproqda
ushlanib qolishi, ularning yuvilib ketmasligi tuproqning aynan shu xususiyatiga
bog‘liq. Shuning uchun ham bu qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega.